So’nggi yangiliklar

08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  0 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  1 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10

SHomurodov va Aliboev keldi, MTJ bugun to'liq tarkibda shug'ullandi Yangiliklar

SHomurodov va Aliboev keldi, MTJ bugun to'liq tarkibda shug'ullandi

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Falastin bilan o'yin suniy maydonda bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. SHu bois o'yinga tayyorgarlik doirasida Kuper bazi mashg'ulotlarni suniy maydonda o'tkazmoqda. Bugun terma jamoamiz azolari "CHig'atoy"dagi maydonda shug'ullanishdi.  

Eldor SHomurodov va Ikrom Aliboev bugundan O'zbekiston MTJ mashg'ulotlariga qo'shilishdi. Biroq, Aliboev kecha jamoasi bilan "CHonbuk Motors"ga qarshi o'yin o'tkazgani bois bugungi mashg'ulotda oxirigacha qatnashmadi. Bundan tashqari, Oston O'runov oyog'i engil jarohat olgani sababli mashg'ulotda to'liq qatnashgani yo'q.  


Yig'inga chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), SHarof Muhitdinov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar SHoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro'ziev (“Qo'qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Eldor SHomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).



Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика