So’nggi yangiliklar

12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  0 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  2 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  7 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  7 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0

SHomurodov “Rostov”dan ketadimi? Ahmedov “SHanxay SIPG”da qoladimi? Iskanderov legionerga aylanadimi? Yangiliklar

SHomurodov “Rostov”dan ketadimi? Ahmedov “SHanxay SIPG”da qoladimi? Iskanderov legionerga aylanadimi?

Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston futbolida 2019 yilning eng yaxshilari aniqlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdimotni translyaciya qilgan “Sport” telekanali Jamshid Iskanderov, Eldor SHomurodov hamda Odil Ahmedovdan blic intervyu oldi.

–Yaqinda chiqqan xabarlarga ko'ra, Jamshid Iskanderovga Rossiya, Qatar hamda BAA klublari qiziqayotgan ekan. Bu to'g'risidagi yangilikni bizga ayta olasizmi yoki bu sir bo'lib qoladimi? 
–Sir bo'lib qola qolsin. Lekin, xabarlarning tarqalgani bekorga emas. Qiziqish bor ammo hali faoliyatimni boshqa klubda davom ettiraman deb yuz foiz ayta olmayman. Yaqin kunlarda hammasini bilib olasiz. (Jamshid Iskanderov)

–Eldor SHomurodov yaqin kelajakda faoliyatini Rossiyada davom ettiradimi? Xorij klublaridan yaxshiroq takliflar bormi va sizning hoxishingiz qanday?
O'zimning xohishim Evropaning kuchli chempionatlarida faoliyatimni davom ettirish. Bunga doim intilganman va harakat qilmoqdaman. Bu yilgi rejaga keladigan bo'lsak, buni ko'proq “Rostov” hal qiladi. CHunki, “Rostov” bilan yana uch yillik shartnomam bor. Lekin, ular ham nimani xohlashimdan xabardor. Katta ehtimol bilan “Rostov”da mavsum oxiri, yani, yozgacha qolaman. (Eldor SHomurodov)


–Odil faoliyatingizni “SHanxay SIPG”da davom ettirasizmi? Ikkinchi savol xorijda o'ynaydigan mashhur futbolchilar yoshi o'tganidan so'ng o'z vataniga qaytishadi bu borada sizning rejalaringiz qanday?
Hali, o'zimda kuchim etarli deb hisoblayman. SHu bois, mavsum o'rtasida “SHanxay SIPG” rahbariyati menga 1+1 ko'rinishida shartnoma taklif etishdi. Bunga rozilik bildirdim va o'ylashimcha, 2021 yilga qadar SHanxayda qolaman. (Odil Ahmedov)

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика