SHomurodov "Jenoa"da qancha maosh oladi?
30 sen 2020 17:01
Yangiliklar
SHomurodov "Jenoa"da qancha maosh oladi?
Genuya klubi "Rostov" forvardi uchun 7,5 million evro taklif qildi va bu mablag' keyingi 3 yil davomida to'lab boriladi, sababi "Jenoa"da ushbu mablag'ni bir yo'la to'lab yuborish uchun byudjet yo'q. SHu bilan birga, "Jenoa" uning keyingi sotuvidan Rossiya klubiga bonus beradi.
SHaxsiy shartnomaga kelsak, A Seriya klubi SHomurodovga kamida 3 yillik va bir mavsum uchun 600-700 ming evro maoshlik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Agar "Rostov" "Jenoa"ning bu taklifini qabul qilsa, bitim yaqin 3 kunda amalga oshadi.
Eslatib o'tamiz, SHomurodov 2017 yilning yozidan beri "Rostov" sharafini himoya qiladi. Eldor Rossiya jamoasida umumiy barcha musobaqalarda 91ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi. Forvardning klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar