SHomurodov “Jenoa”da 9 emas, boshqa raqamda o'ynaydi. Bunga sabab nima?
07 okt 2020 20:25
Yangiliklar


SHomurodov “Jenoa”da 9 emas, boshqa raqamda o'ynaydi. Bunga sabab nima?
Avvalroq, “Jenoa” azosiga aylangan Eldor SHomurodovning yangi jamoasida 9-raqam ostida o'ynashi xabar qilingandi.
Biroq, ushbu raqamni "Sassuolo"dan ijara asosida genuyaliklar safiga o'tgan Janluka Skamakka olgani malum bo'ldi.
SHomurodov esa “Jenoa”da 61-sonli futbolkada harakat qiladi. Buni “Rostov” matbuot xizmati quyidagicha izohladi.
“Rostov”ning abadiy muxlisi bo'lib qolaman", deya Eldor SHomurodov klubimiz bilan xayrlashdi. Endi esa u bizni unutmagan holda Genuyada o'ziga raqam tanladi.
“61” – Rostov viloyatining mintaqaviy raqamli kodi hisoblanadi. Eldor aynan mazkur raqam ostida yangi jamoasida harakat qiladi”, deb yozilgan klubning Telegram'dagi rasmiy sahifasiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar