SHomurodov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi
29 mar 2020 19:35
Yangiliklar


SHomurodov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi
“Rostov” forvardi Eldor SHomurodov O'zbekiston MTJning 2022 yilgi mundialga chiqish imkoniyatlari haqda gapirdi.
“Mundialga chiqish jamoa, mamlakat, men uchun ham juda muhimdir. 34 million o'zbekistonliklar yillar davomida jahon chempionatini orzu qilishgan.
Bir necha bor unga juda yaqin kelgandik, ammo eng muhim pallalarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganmiz.
Endi esa butun xalq bizdan tarix yaratishimizni kutmoqda. Umid qilamanki, bu safar uni amalga oshira olamiz va hamyurtlarimiz biz bilan faxrlanib yurishadi.
Forvard uchun eng muhimi – imkon qadar ko'proq gol urish, jamoaga ko'maklashish va muxlislarni xursand qilishdir.
Har bir o'yinda gol urishni istayman, O'zbekiston termasi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lishni orzu qilaman. Bu maqsadimga erishish uchun hammasini qilaman”, deya qayd etgan Eldor.
O’xshash yangiliklar
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 10
20:05
Timur Kapadze: "Katanec bilan bir-birimizni tabrikladik. Biz Qatardan har jabhada kuchlimiz" 32

Fikrlar