SHomurodov Bundesligaga yo'l olib, Azmun bilan bir jamoada o'ynashi mumkin
24 jan 2023 14:34
Yangiliklar


SHomurodov Bundesligaga yo'l olib, Azmun bilan bir jamoada o'ynashi mumkin
"Roma" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov Italiya A Seriyasidan Germaniya Bundesligasi tomon jo'nash ehtimoli bor.
Jurnalist Nikolo Skiraga malum bo'lishicha, hujumchiga Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqish bildirmoqda. Agar termamiz sardori Leverkuzen jamoasiga o'tsa, u erda Eron terma jamoasi forvardi Serdar Azmun bilan birga to'p tepadi.
Insayderning qayd etishicha, Rim klubi SHomurodov uchun taxminan 13-14 million evro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor.
27 yoshli futbolchiga "Torino", "Kremoneze", "Speciya", "Lill" va "Valyadolid" ham davogarlik qilmoqda.
Eldor "Roma"ga 2021 yilning yozida borib qo'shilgan. 2022/2023 yilgi mavsumda hujumchi 9 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 27 yoshli hujumchining "Roma" bilan kelishuvi 2026 yilda yakuniga etadi. Transfermarkt portali uni 7 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar