SHomurodov - A Seriyada asosiy tarkibda maydonga tushayotgan ilk o'zbekistonlik!
19 okt 2020 23:25
Yangiliklar


SHomurodov - A Seriyada asosiy tarkibda maydonga tushayotgan ilk o'zbekistonlik!
Bugun A Seriya 4-turi doirasida "Verona" - "Jenoa" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Oldinroq "Jenoa" matbuot xizmati jamoaning asosiy tarkibini elon qildi va undan Eldor SHomurodov ham o'rin oldi.
Qayd etish kerak, Eldor A Seriyada asosiy tarkibda debyut qiladigan ilk o'zbekistonlikka aylanmoqda.
Bunga qadar A Seriyada o'ynagan Ilyos Zeytullaev 2004/05 yilgi mavsumda "Rejina" tarkibida "Yuventus" hamda "Inter"ga qarshi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushirilgan.
"Verona" - "Jenoa" uchrashuvi saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar