So’nggi yangiliklar

04:25Александр Хомяков: "Аламли мағлубиятни қабул қилиб олдик"  0 04:06Февзи Давлетов: "12 та бурчак зарбаси ижро этди, 20 га яқин зарбалар бердик, аммо вазиятдан фойдаланиш борасида оқсадик"  0 03:45"Барселона" финалдаги супер ўйинда "Реал"ни камбэк эвазига мағлуб қилди!  324 03:22Асрор Алиқулов: "Рақиб ҳимояланишимизга мажбур қилди"  0 03:05Баҳром Ҳайдаров: "Бизга натижа чиройли ўйиндан кўра муҳимроқ эди”  0 02:34Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" қийинчиликсиз ярим финалга йўл олди  17 00:38"Бавария" футболчисини 40-50 миллионга сотмоқчи  0 00:16Сиссе "Реал" ва ҳакамлар танқиди ҳақида: "Улар "Барса"дан қўрқишади ва ўзларини оқлаш учун баҳона қидиришади. Бу мағлубият учун тактикадир"  10 23:48"Барселона" — "Реал". Испания кубоги финали учун таркиблар маълум  22 23:32РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Спартак"ни мағлуб этди, Файзуллаев 72 дақиқа ўйнади  19 23:14Англия кубоги. "Кристал Пэлас" "Астон Вилла"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, финалга йўл олди. Лондонликлар финалда "Ноттингем Форест" — "Ман Сити" жуфтлиги ғолиби билан бош соврин учун баҳс олиб боради  5 23:00Рафинья Саудия Арабистонидан келган таклиф ҳақида: "Мен уни ўтган йили қабул қилган бўлардим. Ўшанда руҳан эзилган эдим, бу пуллар эса оилам ҳаётини бутунлай ўзгартириб юборган бўларди"  2 22:23Ҳаким Фузайлов: "VAR тизими кечикаётгани туфайли, тахминан июнь ойларида Урганчга қайтамиз"  0 22:14Суперлига. "Сўғдиёна" ўз майдонида "Андижон" устидан зафар қучди  63 22:02"Челси", "Интер Майами" ва "Комо" Де Брюйне билан музокара ўтказмаяпти. "Сити" хавбекига "Чикаго Файр"дан таклиф бор  0

SHohruz Norxonov terma jamoa, "Paxtakor", Anzur va Aliqulov haqida gapirdi Yangiliklar

SHohruz Norxonov terma jamoa, "Paxtakor", Anzur va Aliqulov haqida gapirdi

"So'g'diyona" hujumchisi SHohruz Norxonov 6ta gol bilan Superliga to'purari bo'lib turibdi.

Jizzax klubi forvardi bilan kichik suhbat uyushtirdik.

— Superliganing joriy mavsumi qanday taassurot qoldirmoqda?

— CHempionatimizning bu yilgi mavsumi har doimgidan qiziqroq o'tyapti. Buni har turdan keyin musobaqa jadvalida etakchilarning o'zgarayotganidan ham anglash mumkin. Menimcha, bu yil chempionlik kurashi oxirgi turga qadar 5-6 jamoa o'rtasida davom etadi. Biz ham bor kuchimiz bilan chempionlik uchun harakat qilyapmiz. 

— Yil avvalida "Navbahor" va xorij klublaridan takliflar bo'lgani haqida aytgandingiz. Ayni paytda "Paxtakor" ham yaxshi hujumchi topa olmagani ko'rinib qoldi. Qaysidir davrda ulardan ham taklif bo'lganmidi sizga?

— Albatta. 2021 yilgi mavsumning birinchi davrasi tugaganidan keyin "Paxtakor"ga chaqirishgandi. Lekin o'shanda "So'g'diyona"ga xalqaro maydon yo'llanmasini taqdim qilishimiz kerak edi. SHu uchun ham Jizzaxda qolishga qaror qilgandim.

— Qishda chet eldan 3-4 ta variantlarni ko'rib chiqqaningiz haqida bilamiz. Sir bo'lmasa, qaysi davlatlardan chiqishdi? Arab o'lkalaridan ham taklif bormidi?

— Arab klublaridan ham qiziqish bo'ldi. Ular bilan shartnoma borasida kelisha olmadik. SHarqiy Osiyodan tushgan aniq takliflarni esa rad qildim.

— Biroq, sharqda bizga nisbatan ancha yaxshi to'lashadi...

— Albatta. Tailand, Malayziya, hatto Indoneziyadan ham moliyaviy jihatdan yaxshiroq shartnomalar taklif qilindi. Ammo Jizzaxda qolishga qaror qildim. Pul ishlashgayam ulgursak kerak hali.

— SHohruz, ko'pchilik O'zbekistonda gol urish boshqa chempionatlarga nisbatan qiyinroq ekanini aytadi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

— Superliga hech qanaqasiga kuchsiz chempionat emas. Osiyoning uncha-muncha ligalaridan oldindamiz. Barcha jamoalar natija qilishga urinadi. SHuning uchun asosan himoyaviy futbol guvohiga aylanamiz. Bu o'z-o'zidan forvardlarning ishini qiyinlashtiradi. 

— O'tgan yili OFK kubogida Norchaev to'purar bo'lgandi. Turnirda bu yil siz ishtirok etasiz. Yil oxirida "Oltin butsa"ni yana o'zbek futbolchisi olishini kutaveraylikmi?

— Birinchi navbatda turnirni yutish uchun harakat qilamiz. Nasib bo'lsa, albatta, shaxsiy sovrinlarni ham o'zimizniki qilishga urinamiz.

— Endi eng muhim savol. Nechta gol ursam, terma jamoaga taklif qilishadi deb o'ylaysiz? 

— Menimcha, buning gollarga aloqasi bo'lmasa kerak. (kuladi) Murabbiylar shtabi ayni paytda eng kuchli deb hisoblagan, taktikaga tushadigan o'yinchilarini saralab jalb qiladi.

 — Bazilar SHohruz yuqoridan kimnidir xafa qilib qo'ygan deb o'ylaydi. O'zingizning munosabatingiz qanday bunday fikrlarga?

— Yo'q, hech kim bilan janjallashmaganman. Hamma bilan aloqalarim yaxshi. Bunaqa fikrlar noto'g'ri.

— Oxirgi savol. O'zbekistondan eng yaxshi darvozabon va tajribali himoyachini ayting. Kimga qarshi o'ynash sizga noqulayroq?

— Darvozabonlardan O'tkir Yusupov, Abduvohid Nematov hamda Sanjar Quvvatovni ko'rsatgan bo'lardim. CHempionatmizning eng kuchli himoyachilari esa "Nasaf"dagi Aliqulov hamda AGMK etakchisi Anzur Ismoilov bo'lsa kerak.

Katanec Superligani kuzatmaydimi?

Muallif :
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика