So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  9 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

SHohruh Ishanov: "Lokomotiv"ga har tomonlama yutqazdik" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Lokomotiv"ga har tomonlama yutqazdik"

Pro liganing 12-turi doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Andijon-SGS" bosh murabbiyi SHohruh Ishanov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Biz uchun ham foydali bo'ldi. "Lokomotiv"ni yaxshi bilamiz. O'z tarixiga ega, nafaqat O'zbekistonda, balki, Osiyoda ham top-klub. Kuchli jamoa deb bilamiz va shunga yarasha tayyorgarlik qildik. Lekin mahorat o'z so'zini aytdi. "Lokomotiv" bugun haqli g'alabaga erishdi. O'yinni o'zgartirishga harakat qildik. Yigitlarga ko'rsatmalar berdik. Yana bir marta aytaman, tajriba o'z so'zini aytdi.

- Savolim Sizga yoqmasligi mumkin. Himoyadan tashqari jamoada hammasi zo'r. Ishtiyoq ham, harakatchanlik ham bor. Ammo himoya "proval" holatda.

- Savolingizga rahmat. Bugun biz aynan himoyadan chiqishda ko'p xato qildik. Himoyachilarimiz juda ko'p to'pni yo'qotishdi. Tan olish kerak, tezlik borasida ham yutqazdik. Biroq jamoada ishtiyoq baland. Har bir o'yinda maydonga g'alaba uchun tushamiz. Raqib tanlamaymiz. SHogirdlarimga rahmat aytaman. Lekin himoya ustida ishlayapmiz. SHu sababli jamoaga yangi murabbiy taklif qildik. Ishni boshladik. Endi birgalikda barchasini o'zgartirishga harakat qilamiz, degan umiddaman.

- Yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoaga tajribali futbolchi olib kelish niyati yo'qmidi yoki klubning moliyaviy holati bunga etmaydimi?

- Oldik. Klubning sharoiti bunga etadi. Bilasiz, biz hususiy jamoamiz. Klub prezidentiga minnatdorlik bildiraman. Bugungi kunga qadar nimalarni talab qilgan bo'lsak, barchasini qilib beryapti. Transferga keladigan bo'lsak, katta futbolchilar bilan hayrlashdik. Ularni boshqa klublar o'zlariga taklif qilishdi. Ahamiyat bergan bo'lsangiz, yoshlar bilan qoldik. Maqsadimiz - Superliga, Pro liga klublariga futbolchilarni etishtirib berish. Transferda "Turon"da o'ynagan Hushnud Avilovni taklif qildik. Unga ham rahmat, yo'q demay jamoaga keldi. Andijonlik yigit, qo'lidan kelgancha yordam beryapti. Qadam va qadam barchasini to'g'rilab boramiz. Katta jamoa emasmiz, yoshmiz. Ammo barcha futbolchilarga imkoniyat bir xilda taqdim qilinmoqda. 

- Bugun jamoa birinchi davradagidan ko'ra yaxshiroq o'ynadi va bir qancha vaziyatda birga bir vaziyatga chiqib ketishdi. Agarda tarkibda Abubakir Mo'ydinov bo'lganida nechta gol urgan bo'lardi?

- 77-raqamda o'ynagan Izzatilla Abdulhaqov o'z akademiyamizdan chiqqan futbolchi. "Andijon" jamoasida yoshlar tarkibida ham o'ynagan. Ikkinchi davrada uni tarkibga jalb qildik. Abubakir  Mo'ydinov ham bizning akademiyamizdan chiqqan. "Lokomotiv" bilan o'ynash osonmas. Tarkibdagi barcha futbolchilarida tajriba juda yuqori. Abubakir Mo'ydinov bo'lganida, balki, ikkita gol urgan bo'larmidi... Lekin jamoaga aniq yordam bergan bo'lardi. Yana bir marta aytaman, bizda boshqa jamoalardan taklif bo'lsa, futbolchilarni ushlab o'tirmaymiz. Ularning yo'lini ochishga harakat qilamiz. Maqsadimiz ham shu. Yoshlarni etishtirib chiqarish

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика