So’nggi yangiliklar

20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  3 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  8 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  5 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  38 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0

SHohruh Ishanov: "Futbol shunaqa narsaki, unda mo'jizalar bo'lib turadi" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Futbol shunaqa narsaki, unda mo'jizalar bo'lib turadi"

Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Andijon-SGS" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHohruh Ishanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- "Lokomotiv"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Raqibni Pro liganing kuchli jamoalaridan biri deb bilaman. Yigitlar bor kuchini ishga solishdi, ammo tajriba evaziga "Lokomotiv" darvozamizga to'rtta gol urdi. 

- Andijonlik himoyachilar o'z jarima maydonida raqibiga erkin o'yin namoyish etishga yo'l qo'yib berishdi, buni qanday izohlaysiz?

- To'g'ri, savolingiz o'rinli. Himoyachilarimizda bugungi bahsda chalkashlik yuzaga keldi, raqib o'yinchilarini yopishga ulgurmadi. CHunki raqib dastlabki daqiqalardan tezkor hujumlar tashkillashtirdi. Yigitlar hali yosh, ularning mahorati o'yindan-o'yinga oshadi, degan umiddaman. O'yindagi xatolarimizni ko'rib chiqamiz va bartaraf etish ustida ishlaymiz. 

- Bu yil Pro ligadan Superligaga qaysi jamoalar yo'l oladi deb o'ylaysiz?

- Birinchi favoritlardan biri — "Lokomotiv". SHuningdek, "Dinamo"ni etirof etish kerak. Bizga bu ligada raqobat olib borish qiyin, buni tushunib etyapmiz. Lekin to'xtamaymiz. Futbol shunaqa narsaki, unda mo'jizalar bo'lib turadi.

- Yaqinda jamoa Ispaniyadagi xalqaro musobaqada qatnasharkan. Tarkibdagi nechta futbolchi ushbu turnirda ishtirok etadi?

- Tarkibda 25 nafar futbolchi bo'lsa, shundan 16 tasi 2005-2006 yillarda tug'ilgan. Ana shu yoshlar Barselonadagi nufuzli musobaqada qatnashadi. Bugun ham asosiy tarkibda besh nafar yosh o'yinchi maydonga tushdi. Ikkinchi bo'limda ham yana beshta o'yinchimizni almashtirdik. Yoshlarga ko'proq imkon berishga harakat qilyapmiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика