So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  5 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

SHohruh Ishanov: "Bu durang biz uchun g'alabaga teng bo'ldi" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Bu durang biz uchun g'alabaga teng bo'ldi"

Pro-liganing 19-turi doirasidagi "Andijon-SGS" - "Mashal" bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHohruh Ishanov matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- O'yin oson bo'lmadi. Juda qiynaldik. Birinchi bo'limda xatolarimiz sabab ikkita gol o'tkazdik. Muvozanatni tiklash juda qiyin bo'ldi. Yigitlarga rahmat. Bu biz uchun g'alaba bo'ldi. SHogirdlar bugun bayramga sovg'a tashkil qilib berishdi.

- Begimqulov birinchi bo'limda almashtirildi. Bunga sabab nima bo'ldi?

- Murabbiylarim Begimqulov o'ziga yuklatilgan vazifani bajarmayotganini payqashdi. SHu sabab ham uni almashtirdik. Uning o'rniga tushgan 10 raqamli futbolchi esa o'ziga yuklatilgan topshiriqni uddalashga harakat qildi.

- Otabek Mo'minov oxirgi daqiqalarda hujumga o'tdi. Zaxirada uni o'rnini bosadigan futbolchi yo'qmi?

- Zaxirada o'yinchilar bor. Uning uchun bitta o'yinchimizni zaxiraga oladigan bo'lib qolyapmiz. Bu holatda o'yin sxemamiz buzilib ketyapti. Buni ko'p o'yinda ko'rdik. SHuning uchun ikkinchi bo'limda Otabekni oldinda o'ynatyapmiz. 

- Jamoaning moliyaviy holati qanday?

- Moliyaviy yaxshi holatdamiz. Hammasi vaqtida. Bu borada hech qanday etiroz yo'q.

- Moliyaviy holat yaxshi deyapsiz, ammo jamoa deyarli Pro ligani tark etdi...

- Oxirigacha kurashamiz. Imkoniyatimiz bor hali.

- Jamoa Pro ligani tark etadigan bo'lsa, Birinchi ligada harakat qiladimi yoki jamoa tarqab ketadimi?

- Rahbariyatning so'zlariga qaraganda, jamoa faoliyati davom etadi va yana Pro ligaga qaytishga harakat qilamiz. Jamoa yosh, bulardan har xil o'yin kutyapmiz. Psixologik tomondan hamma o'yinga ularni tayyorlayapmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика