So’nggi yangiliklar

09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  1 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  4 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37

SHohruh Gadoev uzoq tanaffusdan so'ng yana terma jamoaga chaqirildi Yangiliklar

SHohruh Gadoev uzoq tanaffusdan so'ng yana terma jamoaga chaqirildi

Kecha milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 11 va 16 iyun kunlari bo'ladigan terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun tarkibni elon qildi.

Ushbu yig'inga taklif olganlar orasida “Mashal” jamoasi hujumchisi Zohir Qo'ziboev va “Nasaf” jamoasidan to'rt nafar futbolchilar bor. Bular Eldorbek Suyunov, SHuhrat Muxammadiev, Farrux Sayfieva va SHohruh Gadoevlardir.

Voha futboli ishqibozlarini quvontirgan holat shuki, taklif etilganlar orasida og'ir jarohatdan so'ng uzoq davom etgan davolanishlardan so'ng, o'z holatini tiklab yana safga qaytgan “Nasaf”ning yarim himoyachisi SHohruh Gadoevning ham borligidir.

SHohruh terma jamoa safidagi o'zining chiroyli va mazmunli o'yinlari bilan futbol ishqibozlarida yaxshigina taasurot qoldirayotgan edi, afsuski og'ir jarohat uni vaqtinchalik safdan chiqarib qo'ydi. Ammo shifokorlarning va jamoa mutassadilarining sai-harakatlari hamda SHohruhning o'ziga bo'lgan ishonchi va tirishqoqligi evaziga u yana safga qaytdi.

Umid qilamizki, u yana mamlakatimizning bosh jamoasi safida o'zini ko'rsatadi va terma jamoamiz yutuqlariga  munosib hissasini qo'shadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика