Shohruh Gadoev uzoq tanaffusdan so'ng yana terma jamoaga chaqirildi

4 iyun 2015, 08:56
Kecha milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 11 va 16 iyun kunlari bo'ladigan terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun tarkibni e'lon qildi.

Ushbu yig'inga taklif olganlar orasida “Mashal” jamoasi hujumchisi Zohir Qo'ziboev va “Nasaf” jamoasidan to'rt nafar futbolchilar bor. Bular Eldorbek Suyunov, Shuhrat Muxammadiev, Farrux Sayfieva va Shohruh Gadoevlardir.

Voha futboli ishqibozlarini quvontirgan holat shuki, taklif etilganlar orasida og'ir jarohatdan so'ng uzoq davom etgan davolanishlardan so'ng, o'z holatini tiklab yana safga qaytgan “Nasaf”ning yarim himoyachisi Shohruh Gadoevning ham borligidir.

Shohruh terma jamoa safidagi o'zining chiroyli va mazmunli o'yinlari bilan futbol ishqibozlarida yaxshigina taasurot qoldirayotgan edi, afsuski og'ir jarohat uni vaqtinchalik safdan chiqarib qo'ydi. Ammo shifokorlarning va jamoa mutassadilarining sai-harakatlari hamda Shohruhning o'ziga bo'lgan ishonchi va tirishqoqligi evaziga u yana safga qaytdi.

Umid qilamizki, u yana mamlakatimizning bosh jamoasi safida o'zini ko'rsatadi va terma jamoamiz yutuqlariga  munosib hissasini qo'shadi.


Manba: voha.uz