So’nggi yangiliklar

12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  1 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  6 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  1 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  3 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  16 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  9 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4

SHohruh Gadoev operaciya qilinadi Yangiliklar

SHohruh Gadoev operaciya qilinadi

"Nasaf"ning yosh va iqtidorli yarim himoyachisi jarohati bois jamoaning muhim uchrashuvlarida maydonga tusha olmadi.
Avgust oyida olgan jarohatidan hanuz qutula olmadi. Nega? Bizga malum bo'lishicha gips ostidagi jarohat kutilganidek bitmagan. Endi u jarrohlik amaliyoti o'tkazishga majbur.

Bu holatda jamoa shifokorlarining ham "aybi" borligi malum bo'ldi. SHohruhning jarohatini bitish jarayoni etarli darajada nazorat qilinmagan, natijada u endi OCHL pley off uchrashuvlarini va milliy chempionatning boshidagi bir-necha o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur. Bundan norozi bo'lgan jamoa murabbiylar shtabi tomonidan jamoa shifokorlariga jiddiy  etirozlar bildirilgan. Buning oqibatida jamoaning asosiy shifokori Rustam aka Mehmonov istefoga chiqarilgan.

Hozirgi paytda "Nasaf" jamoasining asosiy shifokori sifatida Barot aka Edmurodov ish boshlagan. U kishi bungacha Toshkentning "Paxtakor" jamoasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Muxlislarni yodida bo'lsa, ushbu mutaxasis avval ham "Nasaf" jamoasida shifokorlik qilgan.

Biz saytimiz nomidan SHohruh Gadoevning bugungi ahvoli to'g'risida malumot berishini so'rab, jamoada ko'p yillardan buyon shifokor bo'lib ishlayotgan Hamza Mavlonovga murojaat qildik.

- Afsuski, SHohruh jarrohlik amlaliyoti o'tkazmasa bo'lmaydi. Bu bizga ko'p tekshiruvlardan va shu soha mutaxasislari bilan maslahatlashganimizda malum bo'ldi. Ammo, vahimaga o'rin yo'q, jarrohlik amlaliyoti unchalik jiddiy emas balki engilroqdir. SHohruh Gadoev shu kunlarda bu jarrohlik uchun xorijga jo'nab ketishga tayyorlanayapti va amaliyotdan so'ng yurtimizga qaytib keladi hamda muolajalarni shu erda davom ettiradi.

- SHohruh  qachon maydonga tusha olishi mumkin?


- Hammasi rejamiz bo'yicha amalga oshsa, u chempionatimizning boshlanishida maydonga tushishga tayyor bo'ladi, balki chempionat boshida bir-ikki turni o'tkazib yuborishi ham mumkin, ammo u birinchi davra boshidanoq jamoamizga yordam bera oladi.

- Biz 26 dekabr kuni "Nasaf"ni taqdirlash marosimidagi tantanada  SHohruhni rosa raqsga tushganini guvohi bo'ldik...


- Ha (kulib) uning ahvoli yurishga yoki raqsga tushishga halaqit bermaydi, lekin yugurganda oyog'ida biroz og'riq sezayapti. SHuning uchun bundan jarrohlik amaliyotisiz qutulib bo'lmaydi.

Jamoaning jarohat olgan boshqa o'yinchilari Kenja To'raev, Erkin Boydullaev va SHuhrat Muhammadievlar asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarni boshlab yuborishgan. Alisher Yusupov ham xuddi shunday mashg'ulotlarga kirishgan. Ular bu yil jamoaga to'liq yordam berishga tayyorlar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика