SHohruh Gadoev 1 yil 10 oydan so'ng oliy ligada gol urdi
02 apr 2015 18:52
Yangiliklar

SHohruh Gadoev 1 yil 10 oydan so'ng oliy ligada gol urdi
Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining birinchi bo'limi 1:0 hisobi bilan tugadi.
O'yinning 29-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi SHohruh Gadoev "Qo'qon-1912" darvozasiga gol urib hisobni ochdi.
Yarim himoyachi oliy ligadagi so'nggi golini 2013 yilning 31 may sanasida urgandi. O'sha yil "So'g'diyona"ga qarshi kechgan safardagi bahsda Gadoev o'z hisobiga gol yozib qo'ygandi. Oradan 1 yil 10 oy 2 kun o'tgach futbolchi oliy ligada to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Fikrlar