SHohboz Umarov jarima zarbasini golga aylantirgan o'yinda BATE g'alaba qozondi
24 jan 2021 14:16
Yangiliklar


SHohboz Umarov jarima zarbasini golga aylantirgan o'yinda BATE g'alaba qozondi
Uchrashuv Borisov klubining 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Hamyurtimiz SHohboz Umarov o'yinning 2-bo'limida maydonga tushdi va BATEning g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. Dastlab, 52-daqiqada aynan SHohbozga ishlatilgan qo'pollikdan keyin hakam "Isloch" darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Saroka aniq amalga oshirdi. 57-daqiqada esa Umarov o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. U jarima zarbasini muvaffaqiyatli ijro qilib, "Isloch" darvozasini 25 metrda kuchli zarba bilan ishg'ol qildi.
BATE (Borisov) - Isloch (Minsk) - 4:3
BATE: (Birinchi taym) A.CHichkan, A.Filipovich, YA.Filipovich, B.Kopitovich, V.Malkevich, M.Myakish, E.Yablonskiy, D.Bessmertnyy, S.Dragun (k), P.Nexaychik, M.Skavish; (ikkinchi bo'lim): D.SHcherbickiy, S.Volkov, N.Supranovich, S.Lazarchik, P.Pashevich, A.Nosko, N.Signevich, N.Idris, N.Milich, SH.Umarov, A.Saroka.
GOLlar: 1:0 - Skavish (23). 1:1 - (29). 1:2 - (33, penalti). 2:2 - Saroka (52, penalti). 3:2 - Umarov (57). 4:2 - Milich (63). 4:3 - (68).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar