So’nggi yangiliklar

08:00Моуринью «Галатасарой» мураббийлари ва футболчиларини маймун деб атади. «Галатасарой» бу бўйича ФИФАга арз қилмоқчи  0 07:33Sofascore. Гол ва ассист қайд этган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳо олди?  0 07:03Элдор Шомуродов кечаги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 06:55Серия А. "Рома" - "Монца" 4:0, Шомуродовда 1+1  1 02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  53 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  6 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  6 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  8 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  8 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  12 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  6 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3

"SHogird" operaciyasi yakunlandi. FIFAning yangi prezidenti haqida nimalarni bilishimiz kerak Yangiliklar

"SHogird" operaciyasi yakunlandi. FIFAning yangi prezidenti haqida nimalarni bilishimiz kerak

Teglar :  Janni Infantino
Janni Infantino poyga etakchisi bo'lmagan, ammo ikkinchi turda g'olib bo'ldi.

U va uning rejalari haqida nimalarni bilishimiz kerak?

FIFAdagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari ko'pchilik uchun kutilmagan UEFA bosh kotibi Janni Infantinoning g'alabasi bilan yakunlandi. Masalan, jahon bukmekerlari uning raqibi bahraynlik shayx Salmonga ishonch bildirishgan edi. Ammo Infantino o'ziga shubha qilmadi.

SHveycariya janubidagi kichik shaharchada tug'ilgan (ha, Infantino - Blatterning hamyurti va ular bir viloyatdan) Janni deyarli 20 yil davomida milliy futbol ligalarida, Xalqaro sport tadqiqot markazlarida, UEFAda  professional maslahatchi bo'lib ishladi. Aynan shu 20 yil ichida u hal qiluvchi qarorlar chiqarishni o'rgangan.

Uning ismi ko'pincha Mishel Platini bilan birga yangrar edi. Janni - francuzning ancha eski va yagona ittifoqdoshi. U Platini chetlatilganidan so'ng o'z nomzodini qo'ydi, ammo CAS Platiniga prezidentlik uchun o'z nomini qo'yishga ruhsat bersa chetga chiqishini aytdi. CAS rozi bo'lmadi va Infantino saylovlarda qatnashdi va bu befoyda bo'lmadi.


U nega g'alaba qozondi?

Eng oddiy va haqiqatga yaqin sabab: undan qo'rqishmaydi. Infantino nima deyishidan qatiy nazar, u hammasini yangidan boshlash uchun eski tizim ildiziga bolta urmaydi. SHayx Salmon haqida bu borada bir narsa deyish qiyin edi - uning saylovoldi rejalari juda ulkan va xatto qo'rqinchli bo'lgan. Salmon mamlakatni mutloq monarxiya orqali boshqaradigan qirollik oilasidan ekanligi va tinch axolini og'ir qiynoqlarga solishda aloqasi borligi haqidagi mish-mishlarlar tufayli u haqda xulosa chiqarish qiyin emas: SHayx tanqidlarni yoqtirmaydi.

Infantino raqibining bu tomoni bo'yicha oppoq ko'rinar edi. Aytgancha, bu faqat ko'rinish. Har qanday xolatda ham Infantino boshqalarda o'ziga kerakli bo'lgan taassurotni uyg'ota oldi: Oldindan bashorat qilsa bo'ladigan texnik nomzod. SHayxni Lotin Amerikasi va (kutilmaganda) KONKAKAF mamlakatlari qo'llab-quvvatlamagani haqida aytish muhim deb o'ylaymiz. Evropa ham faqat o'zinikiga ovoz berishga harakat qildi. Umuman olganda, Infantinoning g'alabasini tushuntirish osonroq. Ammo yana bir bor qaytaramiz: Saylovgacha hech kim u prezident bo'lishini kutmagan.


U UEFAda nimalar qildi?

Biz Infantinoning real harakatlari va mavhum bayonotlarini solishtiramiz. UEFA sobiq bosh kotibining sizga yoqmaydigan va yoqadigan deyarli barcha yangi qoidalarga aloqasi bor. Moliyaviy feyr-pley - aynan uning g'oyasi. Evropa chempionati ishtirokchilari sonini 24 tagacha ko'paytirish - barcha savollarni unga bering. Buni juda mashhur g'oya deb bo'lmaydi, ammo Janni o'zi xohlaganiga erishdi. Albatta Blatter bilan birga. Aytgancha, bazida uning tashabbuslari rahbarniki bilan to'g'ri kelmas edi. Masalan, futbolda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish. Platini bu tushuncha dushmani va u takroriy videolavhalardan ham voz kechdi. Platini chetlatilganidan so'ng takrorliy vidoelavhalar haqida muhokamalar yana boshlanib ketdi.

Infantinoning asosiy yurishi - moliya borasida bo'lgan. Uning fikricha, klublar kamroq pul sarflab, ko'proq foyda topishi kerak. Bu hozircha so'zligicha qolmoqda. U UEFAda uzoq vaqt klublar orqali hal qilishga to'g'ri kelgan yuridik va tijorat savollari bilan shug'ullangan. Infantino 2004 yildan 2007 yilgacha klublarni licenziyalash bo'limini boshqargan.



U FIFAda qanday o'zgarishlar qiladi?

Infantino prezident bo'lishi bilanoq aniq bo'lmagan bir nechta ruhni ko'taruvchi so'zlarni aytdi. SHu bilan birga u birgalikdagi ish uchun Platiniga minnatdorchilik bildirdi. Janni Blatterga rahmat aytmadi (bu xaddidan oshish bo'lar edi), ammo ular bog'lanib turishadi. Xa, Blatter hamyurtining g'alabasidan mamnun. Umuman olganda, munosib shogird.

Islohotlar haqida jiddiy bayonotlarga qaramay, Infantino tashkilotda ko'p bo'lmagan tuzilmaviy o'zgarishlar haqida elon qildi. Masalan, ijro qo'mitasi kengash nomiga o'zgartirildi va u 20 dan 36 kishiga ko'paytirildi, kengashda kamida 6 nafar ayol kishi bo'lishi belgilandi. Kengashda ijro qo'mitasiga qaraganda imkoniyatlari kamroq bo'ladi - bu bir tarafdan yaxshidek ko'rinadi, ammo endi bosh kotib va prezident obro'si yanada oshadi. SHveycariyalik FIFA top-menejerlarining maoshlarini elon qilish qarorini qabul qildi. Bu ham yaxshi piar.

SHu bilan birga Infantino mundialda ishtirok etadigan jamoalar sonini 40 tagacha ko'paytirmoqchi. Delegatlarning qo'llab-quvvatlashiga ega bo'lish uchun to'g'ri yo'l. U transfer tizimini qayta tashkillashtirishga ham katta etbor bermoqchi. Bu mavhumdek eshitilyapti, to'g'rimi? Aynan shu erda eng asosiy syurprizlarni kutish mumkin. Beozor ko'rinishiga qaramasdan, Infantino o'z maqsadiga va katta energiyaga ega, shu sababli u olayotgan maosh tez orada unga kamlik qilishi mumkin.

Ayni damda uni Blatter, Platini, Evropa futbol associaciyalari, boy klublar, Rossiya prezidenti qo'llab-quvvtlaydi. Tez orada unga raqib topilmaydi va bu uzoq davom etadigan ko'rinadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика