SHoakrom Isroilov Navoiy viloyatida sport sohasidagi islohotlar bilan tanishdi + FOTO
01 mar 2018 19:55
Yangiliklar


SHoakrom Isroilov Navoiy viloyatida sport sohasidagi islohotlar bilan tanishdi + FOTO
Avval xabar berganimizdek, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov bugun Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida SHoakrom Isroilov Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Lokomotiv” uchrashuvining ochilish marosimida qatnashdi.
Bundan tashqari, SHoakrom Isroilov Navoiyga tashrifi davomida viloyatda sport rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishib, sport maktablari holatini ko'zdan kechirdi.
Sportda katta yutuqlarga erishayotgan yoshlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Bo'lajak musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini nazorat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar