So’nggi yangiliklar

13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  0 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3

SHkvirin - mart oyining eng yaxshi murabbiyi, Vahobov - eng yaxshi futbolchi Yangiliklar

SHkvirin - mart oyining eng yaxshi murabbiyi, Vahobov - eng yaxshi futbolchi

O'zPFL hamda "CA" hamkorligida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, Olmaliqning "Olmaliq" klubi bosh murabbiyi Igor SHkvirin mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Qizilqum" klubi hujumchisi Bahriddin Vahobov esa mart oyida futbolchilar orasida eng yaxshi deb topildi.

Eslatib o'tamiz, har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan oyning eng yaxshilarini aniqlash jarayoniga ushbu mavsumdan boshlab o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra, 2015 yilgi mavsumdan boshlab, ushbu sovrin “Championat.asia” va O'zPFL mukofoti" deb ataladi.

Jami 17ta OAV tashkiloti ishtirok etgan mart oyi so'rovnomasida mutaxassislar tomonidan besh nafardan nomzod tanlab olindi. Unga ko'ra, safarda “Paxtakor”dan qimmatli ochkolarni olib, o'z maydonida “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchrata olgan “Olmaliq” bosh murabbiyi Igor SHkvirin 89 ochko bilan oyning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi. Dastlabki ikki tur natijalariga ko'ra, 6 ochko jamg'argan Aleksandr Xomyakov 29 ochko tafovut bilan ikkinchi bo'ldi. Uchinchi o'rin “Lokomotiv” va “Navbahor”dan bittadan ochko olgan “Metallurg” ustozi Rustam Mirsodiqovga nasib etdi. Kuchli beshlikni Sergey Lushan va Muxtor Qurbonov yakunlab berdilar.

“CA” va O'zPFL sovrini g'olibi bo'lgan murabbiyning mart oyidagi natijalari:

O'rin

Murabbiy

Klub

I

II

III

IV

V

Jami

1

Igor SHkvirin

“Olmaliq” (Olmaliq)

17

1

-

-

-

89

2

Aleksandr Xomyakov

“Mashal” (Muborak)

1

9

5

1

2

60

3

Rustam Mirsodiqov

“Metallurg” (Bekobod)

-

3

5

3

7

40

4

Muxtor Qurbonov

“SHo'rtan” (G'uzor)

-

2

5

8

3

42

5

Sergey Lushan

“Bunyodkor” (Toshkent)

-

3

3

6

6

39


Xuddi shunday, 5 nafar futbolchilardan iborat bo'lgan nomzodlar ichida “Qizilqum” hujumchisi Bahriddin Vahobov ilk turdagi xet-trigi tufayli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ketma-ket ikki turda bittadan gol urib, “Mashal”ning g'alabasiga munosib ulush qo'shgan rossiyalik legioner Vladislav Ivanov ikkinchi bo'ldi. “Paxtakor” va “Nasaf”ga qarshi kechgan o'yinlarda bittadan golli pas bergan SHavkat Salomov uchlikni yakunlab berdi. Mart oyida bo'lib o'tgan ikki o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlay olgan Botir Nosirov to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Jadvalning so'nggi pog'onasidan “Metallurg” himoyachisi Dilmurod Karimov o'rin oldi.

“CA” va O'zPFL sovrini g'olibi bo'lgan futbolchining mart oyidagi natijalari:


O'rin

Futbolchi

Klub

I

II

III

IV

V

Jami

1

Bahriddin Vahobov

“Qizilqum” (Navoiy)

9

4

5

-

-

76

2

Vladislav Ivanov

“Mashal” (Muborak)

3

6

4

4

1

60

3

SHavkat Salomov

“Olmaliq” (Olmaliq)

5

1

4

5

3

54

4

Botir Nosirov

“Mashal” (Muborak)

1

6

2

7

1

50

5

Dilmurod Karimov

“Metallurg” (Bekobod)

-

1

3

2

12

29


Kim kimga ovoz berdi. To'liq ro'yxat bilan tanishing.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика