So’nggi yangiliklar

SHkrinyar "Sassuolo"ga qarshi o'yindan so'ng A Seriyaning 3ta o'yiniga chetlatildi. Konte ham keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi Yangiliklar

SHkrinyar "Sassuolo"ga qarshi o'yindan so'ng A Seriyaning 3ta o'yiniga chetlatildi. Konte ham keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi

"Inter" himoyachisi Milan SHkrinyar jamoaning yaqin 3 o'yinini o'tkazib yuboradi.

O'yinchi A Seriya 27-turi doirasidagi "Sassuolo" (3:3)ga qarshi o'yindagi qo'pol harakati uchun ikki bor ogohlantirildi va maydondan chetlatildi. 

SHkrinyar shundan 3ta o'yinga chetlatildi va 10 ming evro miqdoridagi jarimaga tortildi. Bundan tashqari u hakamga nisbatan tajovuzkor harakat qildi.

"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte ham jamoaning keyingi o'yinini o'tkazib yuboradi - u "Sassuolo"ga qarshi o'yinda beshinchi ogohlantirishni oldi.

Eslatib o'tamiz, "Inter"ni "Parma", "Bolonya" va "Breshia"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика