SHipilov: "Paxtakor" qanday o'ynagani haqida hech narsa demayman"
21 sen 2019 20:38
Yangiliklar
SHipilov: "Paxtakor" qanday o'ynagani haqida hech narsa demayman"
Biz navbatdagi uchrashuvga ham odatdagidek tayyorlandik. Stadionimizga "Paxtakor" keladimi yoki "Navbahor" biz har qanday raqibni hurmat qilamiz. Juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Darvozamizga urilgan ikkinchi goldan juda xafaman. Bu bolalarcha xato bo'ldi. Futbolchilarimni biror narsada ayblamoqchi emasman, ammo...
Taktik xatoga yo'l qo'ydik. Buni 6 yoki 7 yoshdan futbol maktablarida o'rgatishadi. O'tkazib yuborilgan golni ko'rdim, mutaxassislarimiz ko'rsatishdi.
Biz qo'pol o'ynamadik, lekin boshqa jamoa haqida fikr bildirmayman. Ularning o'z mutaxassislari bor. Qo'pol o'ynamadik, futbolchilarim sariq kartochkaga arziydigan ish qilmagan bo'lsada, hakam ularni jazoladi. "Metallurg" futbolchisining burnini sindirishdi, ammo hech kim reakciya qilmadi. Stanislav Andreevni chalishsa, mening futbolchim jazolandi. Hech kimning nomiga tosh otmoqchi emasman, bizda qo'mita bor. Yuqori darajada o'ynash uchun jismoniy tayyorgarlik yaxshi bo'lishi kerak. Jamoam qo'pol harakat qilmadi, hech kim orqadan tashlanmadi, banditizm bilan shug'ullanishmadi. "Paxtakor" qanday o'ynagani haqida hech narsa demayman" - deya so'zlariga yakun yasadi Andrey SHipilov.
Fikrlar