So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  11 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

SHipilov: “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so'rang, men umuman vaqtni cho'zish borasida ko'rsatma bermayman va bermaganman ham" Yangiliklar

SHipilov: “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so'rang, men umuman vaqtni cho'zish borasida ko'rsatma bermayman va bermaganman ham"

Coca Cola Superliga 19-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” (1:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey SHipilov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Menimcha, bugungi uchrashuvda har ikki jamoa azolari ham o'z imkoniyatlari darajasida o'yin namoyish eta olishmadi. Bu albatta mening shaxsiy fikrim. Uchrashuv ikki jamoaga ham qiyin kechganligiga guvoh bo'ldingiz. O'yin davomida futbolchilar ko'plab xatolarga yo'l qo'yishdi, to'pni o'z jamoadoshlariga aniq etkazib bera olishmadi, bir so'z bilan aytganda, “braklar” ko'p bo'ldi. Balki buning o'ziga yarasha sabablari bordir. 

O'z jamoamiz borasida shuni takidlamoqchimanki, o'yin juda og'ir kechdi. Nafaqat, “Navbahor”ga qarshi kechgan bahs,balki barcha uchrashuvlarda oson bo'lmayapti. Tanaffusdan keyin 9 kun ichida 3 ta o'yin o'tkazamiz. Keyingi uchrashuv o'z maydonimizda bo'lib o'tadi. Joriy mavsum yakunlanishiga 7 ta tur qoldi. Qaysi jamoa qolgan uchrashuvlarni muvaffaqiyatli tarzda o'tkazsa, omad kulib boqsa, mavsum yakunida turnir jadvalining yuqori qismidan o'rin olishi mumkin. 

“Navbahor” o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yadigan jiddiy klub. Bizning jamoamiz ham joriy mavsumda dastlabki beshtalikdan o'rin olishga harakat qiladi. Bugungi uchrashuv hisobi haqqoniy bo'ldi, deb hisoblayman. 

Namanganga “Metallurg” ustozi sifatida uchinchi marta tashrif buyuryapman va doimo menga shogirdlaringiz nega vaqtni cho'zishga harakat qilishadi, deb savol berishadi. 

Statistikaga nazar tashlasangiz, Namanganda bo'lib o'tgan oldingi 2 ta o'yinda 0:0 hisobi qayd etilgan hamda bugungi o'yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Men hech qachon yigitlarga bunday ko'rsatma bermayman. O'zim ham bir paytlari futbol o'ynaganman hamda futbolchilik davrimda ham ataylab vaqtni cho'zishga harakat qilmaganman. Bu menga yarashmaydi va mening tabiatim buni ko'tarmaydi. “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so'rang, men umuman vaqtni cho'zish borasida ko'rsatma bermayman va bermaganman ham. 

Faqat buning o'ziga yarasha obektiv hamda subektiv sabablari bor. Futbolchilar ayni paytda o'yinga to'liq tayyor emaslar.

“Navbahor” ham Namangandagi ajoyib maydonda 22 daqiqa mobaynida juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Ammo  undan keyin shunday ruhda  o'yinni davom ettira olmadi. Demak, mezbonlarda ham bu borada qandaydir kamchiliklar bor, to'g'rimi? Superligada yuzaga kelgan tanaffus futbolchilarning holatiga salbiy tasir ko'rsatgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas. 

“Metallurg” milliy chempionatimiz doirasida Namanganda o'tkazilgan 24  ta o'yindan bor-yo'g'i bittasida g'alaba qozongan ekan, demak, bu “Navbahor”ning kuchliligidan dalolat. Jamoa O'zbekiston chempioni bo'lgan, Osiyo CHempionlar Ligasida ishtirok etgan. “Navbahor”da bir paytlari yulduz futbolchilar o'ynashgan. 

Bugungi o'yinda “Navbahor”dan Ivan Solovyov, jamoamizdan esa Kamoliddin Tojiev yaxshi o'yin namoyish etishdi, - deydi Andrey Sergeevich.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика