SHinji Kagava: "Maqsad bitta - chempionlik!"
20 jan 2015 19:51
Yangiliklar
SHinji Kagava: "Maqsad bitta - chempionlik!"
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan SHinji Kagava o'yin haqida shunday dedi:
- Iordaniya terma jamoasini yomon raqib deb aytmagan bo'lardim. Ular bugun ikkinchi planda harakat qilishdi. Jamoaning asosiy kuchi darvozabonda. O'tgan Osiyo Kubogida jarohat tufayli oxirigacha o'ynay olmagandim. Bugun esa uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildim. Bu muhim emas, muhimi musobaqani so'nggi kuniga qadar maydonda bo'lishimiz.
- Birinchi bo'limda ko'plab hujumlar tashkil qilindi, ammo goldan darak bo'lgani yo'q. Bu bilan Yaponiya keyingi bosqichda qiynalib qolmaydimi?
- Unutmang, bugun keyingi bosqichga chiqish uchun Iordaniyada ham yaxshi imkoniyat bor edi. Yodingizda bo'lsa, avvalgi musobaqada ular bilan durang o'ynagandik. Jamoaning potencialidan kelib chiqsam, kerakli vaziyatda kerakli gollarni ura olishimizga ishonaman.
Nodirxo'ja Yuldashev
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar