So’nggi yangiliklar

15:03Here we go: "Манчестер Сити" ўз футболчисини "Эвертон"га ижарага бермоқда  0 13:33Иско жиддий жароҳат олди  0 13:05Япония терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурар вафот этди  0 12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  3 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  1 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  3 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  6 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  6 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  4 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  5 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  38

SHimon Marchinyak o'yinni qayta o'tkazishni so'ragan francuzlarga dalil bilan javob qaytardi Yangiliklar

SHimon Marchinyak o'yinni qayta o'tkazishni so'ragan francuzlarga dalil bilan javob qaytardi

Qatardagi mundial hal qiluvchi bahsida Argentina va Franciya o'rtasidagi finalni polshalik SHimon Marchinyak boshqarib borgandi.

Bosh hakam SHimon Marchinyak JCH-2022 finalidagi o'yinini tanqid qilganlarga mobil telefonidagi suratdan foydalangan holja javob qaytardi.

Eslatib o'tamiz, finalni takroran o'tkazish haqidagi peteciyaga francuzlar tomonidan 200 mingdan ortiq imzo yig'ilgandi.

O'yindan so'ng L’Equipe nashri Lionel Messining qo'shimcha bo'limda urgan golining suratini joylashtirdi, unda Argentina terma jamoasi futbolchilari maydonga chiqib, golni nishonlashayotgani tasvirlangandi.

"Reglamentga ko'ra, Messining qo'shimcha bo'limdagi ikkinchi goli uchrashuv bosh hakami SHimon Marchinyak tomonidan bekor qilinishi kerak edi", - deb yozdi nashr.

"To'p Ugo Loris qo'riqlayotgan darvoza chizig'idan o'tishidan avval argentinalik zaxira o'yinchilari maydonga tushib ketishdi".

Marchiniak bunga javob qaytardi va Mbappening gollaridan birida maydonda chiqib ketgan Franciya zaxira o'rindig'i vakillarini ko'rsatish uchun telefonini qo'liga oldi.

"Francuzlar bu suratlar haqida hech narsa deyishmadi, u erda Mbappe gol urishdan oldin maydonda etti nafar francuz futbolchisi bo'lganini ko'rishingiz mumkin", dedi u.

"Bu o'yin jarayoniga hech qanday tasir o'tkazmadi. Maydonga tushgan futbolchilar qanchalik tasir o'tkazishi mumkin? Bu tirnoqdan kir qidirish demakdir. Bu holat jiddiy ish emas", deya qo'shimcha qildi hakam.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика