SHevchenko shogirdlari ham Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritishdi
15 okt 2019 01:55
Yangiliklar


SHevchenko shogirdlari ham Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritishdi
Biroz oldin, Evro-2020 saralashining 8-turidan o'rin olgan Ukraina – Portugaliya bahsi yakunlandi.
Unda Andrey SHevchenko shogirdlari 2:1 natijasi bilan zafar quchib, qita birinchiligi yo'llnamasini muddatidan oldin hal etishdi.
Ukrainaliklar «B» guruhida 19 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda. Bugun muvaffaqiyatsizlikka uchragan amaldagi Evropa chempionlari hisobida esa 11 ochko mavjud va ular 2 pog'onada turishibdi.
Avvalroq, Belgiya, Polsha, Rossiya hamda Italiya vakillari kvalifikaciya raundini ijobiy hal etishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar