SHevchenko: "Ronalduni darvozamizdan uzoqroqqa olib tashlashimiz kerak"
20 mar 2019 14:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/484497_original.jpg)
![](/upload/storage/484497_220.jpg)
SHevchenko: "Ronalduni darvozamizdan uzoqroqqa olib tashlashimiz kerak"
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHevchenko Evro-2020 saralashi doirasida Portugaliyaga qarshi kechadigan o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
"Dunyoning eng zo'r o'yinchilariga qarshi strategiya topish qiyin. Krishtianu ajoyib formada. Biz jamoaviy o'yin ustida ishlashimiz zarur. Men unga qarshi individual tarzda o'ynashda hech qanday imkoniyat ko'rmayapman. O'yinimizni jamoaviylik asosiga qurishimiz kerak.
Biz Krishtianuni o'z darvozamizdan uzoqroqqa olib tashlashimiz kerak. U jarima maydonchasida o'zgacha harakat qiladi. Uning ECHLda amalga oshirgan oxirgi xet-triki Ronaldu uchun yosh hech qanday ahamiyatga ega emasligini anglatadi", - dedi SHevchenko.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar