SHevchenko: "Milan" "Yuventus"ni mag'lub eta oladi"
06 jan 2019 18:51
Yangiliklar
SHevchenko: "Milan" "Yuventus"ni mag'lub eta oladi"
Ukraina termasi bosh murabbiyi Andrey SHevchenkoning fikriga ko'ra "Milan" "Yuventus"ni mag'lub eta oladi.
- Klub tezroq ECHLga qaytishi kerak. Bu turnir "Milan"siz ancha zerikarli bo'lib qoldi. "Milan" qattiq harakat qilmoqda. Ammo bunday uzoq muddatli loyihani avvalo Italiyada, keyin qitada tengsiz qilish kerak. Bunga vaqt kerak.
"Yuventus" - A Seriyaning kuchli jamoasi. Biroq bu klubni ham mag'lub etsa bo'ladi. Agarda "Milan" har bir detalgacha tayyorlansa, "Yuventus" ustidan g'alabaga erisha olishi mumkin, - dedi SHevchenko.
Fikrlar