SHevchenko "Jenoa" boshqaruvini qo'liga olgani haqida gapirdi
10 noy 2021 22:51
Yangiliklar
SHevchenko "Jenoa" boshqaruvini qo'liga olgani haqida gapirdi
"Jenoa"ning yangi bosh murabbiyi Andrey SHevchenko klubidagi ilk matbuot anjumanida ishtirok etdi.
U bunda klubi bilan kamtarona maqsadlarni oldiga qo'yganini aytib o'tdi.
"Murabbiylik faoliyatimdagi eng muhim pallalardan biri. Meni Italiyaga qaytargani uchun Josh Uonder hamda "Jenoa" loyihasiga rahmat aytaman. Italiya bilan mening aloqalarim ajoyib holatda. "Jenoa" - muhim klub. Ushbu loyiha meni to'lqinlantirib yubordi. Ayni damda asosiy maqsad - jamoani A Seriyada olib qolish. Umid qilamanki, buni uddalasa bo'ladi.
"Jenoa"ning kelajagi buyuk ekanligiga ishonaman. Yanvar oyida jamoani kuchaytirish va g'oliblik ruxini qaytarish kerak. Ayrim futbolchilar bilan bu borada gaplashib oldim. Ular ham jamoani yuqoriga olib chiqish uchun kelishini aytishdi", - dedi SHevchenko.
Fikrlar