SHevchenko Italiyani tabrikladi
07 iyu 2021 21:14
Yangiliklar
SHevchenko Italiyani tabrikladi
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andriy SHevchenko italiyalik muxlislarga "sariq-ko'klar"ni qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi va Italiyani Evropa chempionati finaliga chiqqani bilan tabrikladi.
"Ushbu Evropa safari davomida bizni qo'llab-quvvatlagan barcha ukrainaliklarga va barcha italiyalik muxlislarga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Roberto Manchinini, uning shtabini va butun Italiya jamoasini yuqori natijalari bilan hamda finalga chiqqanligi bilan tabriklayman", — deya takidladi SHevchenko.
Eslatib o'tamiz, Evropa chempionatining chorak final uchrashuvidan o'rin olgan Ukraina — Angliya (0:4) qarama-qarshiligi Rimda, "Olimpiko" stadionida bo'lib o'tgan. Yarim finalda Italiya penaltilar seriyasida Ispaniyani mag'lub etdi. Evro-2020'ning hal qiluvchi o'yinida "Skuadra Adzurra" Angliya — Daniya juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar