Shevchenko: "Ibragimovich mening rekordlarimni takrorlayotganidan xursandman"

Tolibjon Qosimov
3 noya 2020, 17:28
Bugungi kunda Ukraina terma jamoasini boshqarayotgan "Milan" sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko Zlatan Ibragimovichning "rossonerlar" tarkibidagi o'yini haqida gapirdi.

"Zlatan shu yoshida aqlga sig'mas ishlar qilmoqda. "Milan" u bilan faqat o'sadi. U mening klubda o'rnatgan ayrim rekordlarimni takrorlayotganidan xursandman. "Milan" hamisha qalbimda va jamoa muvaffaqiyati meni baxtli qiladi.

Shartnomani uzaytirish? Ibragimovich qilayotgan ishlarni hisobga olib unga mutlaqo ishongan bo'lardim. Unda motivaciya etarli bo'lsa qancha xohlasa shuncha o'ynashi mumkin. Agar unda xohish bo'lsa va men murabbiyning o'rnida bo'lsam unga darhol qo'ng'iroq qilgan bo'lardim", - deya Shevchenkoning so'zlarini keltirdi "Tuttomercatoweb" sayti "La Gazzetta dello Sport" nashri ma'lumotiga tayanib.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: tuttomercatoweb.com