So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

SHerzod Sattorov: “Zominda maydon o'yin saviyasiga tasir o'tkazdi” Yangiliklar

SHerzod Sattorov: “Zominda maydon o'yin saviyasiga tasir o'tkazdi”

Xabaringiz bor, kecha mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liganing 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

“B” guruhi peshqadami Buxoroning “G'ijduvon” jamoasi safarda “Zomin” bilan kuch sinashdi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bahsda maydon egalari 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng g'ijduvonliklar ustozi SHerzod Sattorov saytimizga qisqacha intervyu berdi.

- O'yin qiziqarli kechdi. Albatta Zominga g'alaba qozonish maqsadida kelgandik. Biroq maydonning xolati talab darajasida emasdi. Jamoamizning o'yini qisqa paslar orqali tashkil etiladi. “Zomin”ning maydoni esa bunga yo'l qo'ymadi. SHu bois bo'lsa kerak, hamma jamoa bu stadionga kelgach, qiynaladi. Bir so'z bilan aytganda maydonning xolati o'yin saviyasiga tasir o'tkazdi.

- SHogirdlarimning ko'rsatgan o'yinidan ko'nglim to'ldi. Ulardan bundan ortig'ini kutish qiyin edi.

- Rahbariyat tomonidan jamoamiz oldiga birinchi o'rinni egallash vazifasi qo'yilgan. SHu maqsad yo'lida astoydil ishlayapmiz.

- Ilgari jamoada bir o'zim ishlaganman. Bu yildan boshlab esa Farruh Hamroev ham yaqindan yordam bermoqda. Taniqli mutaxassis Usmon Toshev ham maslahatchi sifatida bizga yordam bermoqda. U kishi asosan uy o'yinlarimizga kelib turadi.

- PRO-Ligada ishtirok etishimiz so'nggi lahzalarda hal bo'ldi. SHu bois tarkibni o'zimiz istaganchalik shakllantira olmadik. Asosan o'tgan yili viloyat ikkinchi ligasida jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilar bilan ishtirok etmoqdamiz. CHetdan birgina darvozabon Iskandar Mo'minovni taklif etganmiz xolos. Yozgi transfer oynasida tarkibdagi sog'lom raqobatni yanada kuchaytirishga xarakat qilamiz.

- Bu yil rahbariyat tomonidan jamoaga bo'lgan etibor yaxshi. SHaroitlar imkon qadar yaratib berilmoqda. Bazada futbolchilar uchun qulayliklar mavjud. Hozircha noliydigan xolat yo'q. Faqat ishlash kerak – deydi SHerzod Sattorov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика