SHerzod Qosimov Falastindagi o'yinlarni boshqarmoqda
20 iyu 2017 18:06
Yangiliklar
SHerzod Qosimov Falastindagi o'yinlarni boshqarmoqda
O'zbekiston U-22 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichidagi ishtirokini tugatgan bir paytda boshqa guruhlarda o'yinlar endi boshlandi.
Oliy liga hakamlaridan biri SHerzod Qosimov Falastinda bo'lib o'tayotgan "E" guruhi o'yinlariga taklif etilgan. Bu guruhda Falastin bilan birga Iordaniya, Tojikiston va Bangladesh U-22 jamoalari kurash olib bormoqda.
SHerzod Qosimov kecha bo'lib o'tgan Iordaniya - Bangladesh uchrashuvini boshqarib bordi. O'yin 7:0 hisobida iordaniyaliklar foydasiga hal bo'ldi. Unga qanotlarda yana bir hamyurtimiz Andrey Capenko bilan turkmanistonlik Polvonbek Polvonov yordam berishdi.
50ta odam kuzatib borgan o'yinni Qosimov yaxshi boshqardi. U Iordaniyaning ikki, Bangladeshning bir nafar futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar