So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

SHerzod Qosimov bu yil ham “Lokomotiv” – “Mashal” uchrashuvida ishlaydi Yangiliklar

SHerzod Qosimov bu yil ham “Lokomotiv” – “Mashal” uchrashuvida ishlaydi

Bugun oliy ligada 5-tur o'yinlari start oladi.

Biz odatimizga ko'ra, 5-tur juftliklarini boshqarib boradigan hakamlarning o'tgan mavsumdagi faoliyatiga nazar tashlaymiz.

5-tur. 15 aprel (juma)
"LOKOMOTIV" – "MASH'AL"
Hakamlar
: SHerzod Qosimov (Toshkent), Mamur Saidqosimov (Toshkent), Doniyor Saylalov (Toshkent), Igor Xudoydatov (Toshkent).
Nazoratchi: Farhod Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: Valeriy Letkin.

Turning ilk uchrashuvi 16:30da Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida start oladi. "Lokomotiv" o'z uyida "Mashal"ni qabul qiladi. Bu bellashuv poytaxtlik hakam SHerzod Qosimov ishonib topshirilgan. Ahamiyatlisi, Qosimov o'tgan yili ham bu jamoalarning aynan Toshkentdagi o'yinini boshqargan va o'shanda mezbonlar kichik hisobda g'alaba nashidasini surgan - 1:0. Umuman aytganda, Qosimov 2015 yil "Lokomotiv" ishtirokidagi ikkita o'yinda bosh hakamlik qilgan. Har ikkala bellashuv ham poytaxtda bo'lib o'tib, unda mezbonlar g'alaba qozonishgan.

2015 yil oliy ligada 14ta uchrashuvni boshqargan SHerzod Qosimovning 4ta o'yini "Mashal" ishtirokidagi bahslarga to'g'ri keladi. To'rtta bahsning faqat bittasigina "gazchilar" uchun safarda bo'lib o'tgan. Qolgan uch o'yinda "Mashal" mezbon bo'lgan, biroq g'alaba neligini bilmagan.

2015 yil. "Lokomotiv" ishtirokidagi uchrashuvlar
LOKOMOTIV - DINAMO - 2:1
LOKOMOTIV - MASH'AL - 1:0

"Mashal" ishtirokidagi uchrashuvlar
MASH'AL - BUXORO - 2:2
MASH'AL - SHO'RTAN - 1:2
MASH'AL - METALLURG - 1:1
LOKOMOTIV - MASH'AL - 1:0
 
"QIZILQUM" – "PAXTAKOR"
Hakamlar:
Baxtiyor Namozov (Toshkent), Temur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent), R.Abduvohidov (Qarshi).
Nazoratchi: SHamil Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: A.Frolov.

Tajribali hakamlardan biriga aylanib ulgurgan Baxtiyor Namozovning o'tgan mavsum "Qizilqum" ishtirokidagi bellashuvlarni boshqarganida "oltin izlovchilar"ga umuman omad kulib boqmagan. Sababi, "Qizilqum" Namozov hakamlik qilgan uchta o'yining barchasida mag'lubiyatga uchragan. 2015 yil oliy ligada 17ta o'yinni boshqargan Namozovga "Paxtakor" ishtirokidagi bahsda hakamlik qilish nasib qilmagan.

2015 yil. "Qizilqum" ishtirokidagi bellashuvlar
OLMALIQ - QIZILQUM - 2:0
SO'G'DIYONA - QIZILQUM - 4:1
QIZILQUM - LOKOMOTIV - 0:2

"Paxtakor" ishtirokidagi bellashuvlar
Yo'q
 
 
"NASAF" – "QO'QON-1912"
Hakamlar:
Aziz Asimov (Toshkent), D.Sarsenov (Nukus), Bektursin Kannazarov (Nukus), Dauletboy Jalimov (Nukus).
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Bugun Qarshida "Nasaf" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi bellashuvni boshqaradigan Aziz Asimovga 2015 yil "ajdarlar" ishtirokidagi bahslarni boshqarish cheki tushmagan. "Qo'qon-1912" esa, o'tgan mavsum aynan Asimov hakamligidagi o'yinda "Lokomotiv" bilan durang o'ynagan - 2:2.

2015 yil. "Nasaf" ishtirokidagi uchrashuvlar
Yo'q

"Qo'qon-1912" ishtirokidagi uchrashuv
QO'QON-1912 - LOKOMOTIV - 2:2
 


Furqatbek Nishonov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика