So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

SHerzod Nasrullaev: “G'aniev va SHukurov "Nasaf" futbolchilariga yuqori kayfiyat ulashishdi” Yangiliklar

SHerzod Nasrullaev: “G'aniev va SHukurov "Nasaf" futbolchilariga yuqori kayfiyat ulashishdi”

Tez orada O'zbekiston Superligasi qayta tiklanadi.

Endilikda jamoalar mashg'ulotlarga jiddiy kirishishlari tabiiy. Boisi, hali oldinda ularni butun boshli mavsum kutmoqda. “Nasaf” klubi futbolchilari ham kuni kecha koronavirusga test topshirishdi va mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. “Ajdarlar”ning iqtidorli futbolchisi SHerzod Nasrullaev bu borada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'tgan vaqt mobaynida oson bo'lmagan davrni boshdan kechirdik. Nafaqat biz balki, barcha jamoalar uyda yakka tartibda mashg'ulotlarni olib borishga majbur bo'ldi. Men ham karantin paytida uyda individual tarzda mashqlarni bajardim. Baribir katta futbolni hammamiz sog'indik. Mashg'ulotlarsiz, futbolsiz ochig'i zerikib qoldik. Menimcha, bunaqa majburiy katta tanaffus hali bo'lmagan bo'lsa kerak. Mana sekin-asta mashg'ulotlarni boshladik. Endilikda hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman. Lekin, ko'p futbolchilar sport formalarini yo'qotib qo'ydi.

SHukurki, hech birimizda koronavirus aniqlanmadi va hamma sog'lom chiqdi. Barcha futbolchilar va jamoa azolari qatiy gigiena talablariga rioya qilmoqda.

CHempionat boshlangach kim qanday holatda ekanligini bilib olamiz, ungacha xulosa chiqarish qiyin.

Aziz G'aniev va Otabek SHukrovlarning jamoamiz mashg'ulotlariga qo'shilganidan xursandman. Ular futbolchilarga ko'tarinki kayfiyat ulashishdi. Jamoadagi ayrim yosh futbolchilar uchun bu orzu sanalardi. Bir tomondan yoshlar ularga qarab intiladi.

Muxlislarga birinchi navbatda sog'lik va salomatlik tilayman. Ishqibozlarsiz futbol xuddi o'rtoqlik uchrashuvidek tuyuladi. O'z suyuklilarimizni stadionda ko'rishga o'rganib qolgandik. Endi ularsiz qanday bo'larkan buni vaqt ko'rsatadi”,- deydi SHerzod Nasrullaev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Aziz G'aniev va Otabek SHukurov "Nasaf"da        

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика