Sherzod Karimov: “Yangi futbolchilarni bitta mashg'ulotda qanday kuchga ega ekanligini bilib bo'lmaydi”

Aziz Tukhtamuradov
8 iyul 2017, 14:29
Kecha Toshkentning “Paxtakor” klubi yangi bosh murabbiy bilan ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rayotgan “sherlar”ning tayyorgarligi “JAR” stadionida bo'lib o'tdi. Mashg'ulotdan so'ng jamoa a'zosi Sherzod Karimov tayyorgarlik to'g'risida o'z fikrlarini bildirdi.

“Yangi murabbiy boshchiligida birinchi mashg'ulot juda ham a'lo darajada o'tdi. Biz uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Endi murabbiylar ishonchini qozonishga harakat qilamiz. Yangi murabbiyimizning tartib-intizomga e'tibor bergani va futbolchilarga barcha sharoitlarni birinchi o'ringa qo'yayotgani taqsinga sazovor.

Ushbu murabbiy bilan biz ko'rmagan, bilmagan jismoniy mashqlarni bajardik. Yangi futbolchilarni bitta mashg'ulotda qanday kuchga ega ekanligini bilib bo'lmaydi. Ilk mashg'ulot u darajada qiyinchilik tug'dirmadi. Jamoaga yangi murabbiy kelganidan keyin barcha futbolchilar o'zini ko'rsatishga harakat qiladi”, - deydi Sherzod Karimov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia