Sherzod Karimov, Aliev, Jabborov, Qutiboev va Allaniyozov "Surxon"da

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2019, 11:44
Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borayotgan Termizning “Surxon” jamoasi 12 yanvar kuni o'zining ilk o'rtoqlik uchrashuvida “Paxtakor”ga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy bergan edi.

Jamoa yig'in mobaynida bir qator jamoalar bilan kuch sinashishni maqsad qilgan. Jumladan, termizliklar 23 yanvarda “Buxoro”ga qarshi bahs olib borishadi.  

Qayd etish joizki, “Surxon”ning yig'inida bir qator futbolchilar ishtirok etishmoqda. Jumladan, A'zam Aliev, Dilshod Jabborov, Salamat Qutiboev, Azamat Allaniyozov, Ayubxon No'monov, Asilbek Omonov kabi o'yinchilar hozirda ushbu klub safida shug'ullanishmoqda.  

Shuningdek, tajribali futbolchi Sherzod Karimov ham “Surxon” jamoasi mashg'ulotlariga qo'shildi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz