So’nggi yangiliklar

22:05Неъматилло Қуттибоев: “Четлатиш ўйин натижасига таъсир кўрсатди”  0 21:51Анвар Бердиев: “Биринчи бўлимда қийинчиликларга дуч келдик”  0 21:14Мбаппе тўланмаган маош масаласида ПСЖ билан судгача келишиб олишни истамади   2 20:45Хосе Венансио Лопес жароҳатлар ҳақида: "Бу шунчаки омадсизлик"  2 20:29Терма жамоа собиқ футзалчиси Абдулла Солиҳов: "Етакчи футзалчиларнинг йўқлиги жамоа ўйинига ўз таъсирини кўрсатмай қолмайди"  0 19:59"Ҳар сафар Салаҳ билан тўқнашиб кетганингизда деворга урилгандек бўласиз"  0 19:26Про лига. "Дўстлик"дан ишончли, "Шўртан"дан йирик ғалаба  3 19:04Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Франция ва Венгрия билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  1 18:28Мбаппе "Реал"га эмас, 2022 йил "Ливерпул"га ўтишига бир бахя қолган  2 17:40Винисиус: "Умидни оқламаганимни биламан"  6 16:35Роналду: "Манчестер Юнайтед" мураббийи бундай демаслиги керак"  12 15:52ЖЧ-2026 саралаши. Осиёда фақат Ўзбекистон, Эрон ва Япония йўқотишларсиз кетмоқда, гуруҳлардаги ҳолат  23 15:125 та гол ва иродали ғалаба. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон баҳсидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  3 14:45Сречко Катанец: "Биз тўлиқ маҳоратимизни намойиш этмай туриб, уч очкони қўлга киритдик. Рақиб дарвозабони ўз жамоасини учта голдан сақлаб қолди"  19 14:20Футзал. Аргентина ҳам Тошкентга етиб келди  3

SHerzod Jo'raev: “Navbahor” hamisha eng yuqori maqsadlarni ko'zlaydi” Yangiliklar

SHerzod Jo'raev: “Navbahor” hamisha eng yuqori maqsadlarni ko'zlaydi”

Viktor Jalilov “Navbahor”da ishlagan kezlari ko'plab yoshlarni kashf etib, ularni asosiy tarkibga jalb etgandi.

1999 yili SHuhrat Mirxoldirshoev, Sanjar Asqaraliev singari iqtidorli futbolchilar qatorida bo'lgan SHerzod Jo'raev bugungi kunda “Navbahor” murabbiylar shtabida No'mon Hasanovga yordamchilik qilmoqda. Ayni payt Turkiya yig'inida jamoa bilan birga bo'lib turgan Jo'raev bilan suhbatlashib, turli mavzulardagi savollarimizga javob oldik.

- SHerzod, Toshkentdagi mashg'ulot jarayoni qanday o'tdi?


- Yig'inni alo darajada o'tkazdik, deb bemalol ayta olaman. Bizga zarur sharoitlarni yaratib berishayotgani uchun Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzaqov hamda “Navbahor” klubi vice-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga minnatdorlik bildirmoqchiman. Toshkent yig'ini davomida bir nechta o'yinlar o'tkazdik. Bosh murabbiy rejasiga muvofiq tarzda kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazdik

- Nazorat-sinov o'yinlariga batafsilroq to'xtalsangiz...


- Bunday paytlarda yuklamalar katta bo'ladi, kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazish tufayli nazorat o'yinlari payti futbolchilarning qiyinchiliklarga duch kelishlari tabiiy hol. Namanganda ham, Toshkentda ham o'yinchilar xuddi shunday yuklamalar bilan maydonda harakat qilishdi.

- “Oq-tepa” bilan o'yinda yirik hisobda imkoniyat boy berilishi ko'pchilikni xavotirga soldi. Bu nima bilan bog'liq?


- Mazkur o'quv-yig'inida asosan yosh futbolchilar tarkibga jalb qilindi. Ularning nimalarga qodirligini o'rtoqlik uchrashuvlari orqali aniqlab olishga harakat qilindi. Yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga o'tish jarayoni oson kechmaydi. “Oq-tepa” bilan o'yinda hisobning yirik ko'rinish olishiga ham shu sabab bo'ldi. Umuman, o'sha uchrashuvning birinchi bo'limida yigitlar juda yaxshi to'p surishdi, lekin yuqorida takidlaganimdek, mashg'ulotlarda olinayotgan yuklamalar o'z so'zini aytmay qolmadi.

- Selekciya ishlarining olib borilishi haqida nima deya olasiz?


- Ko'ryapsiz, har bitta chiziqqa saviyasi teng bo'lgan futbolchilar olinyapti. Misol uchun, Quvondiq Ro'ziev, Bahrom Abdurahimov, Serbiyadan Nikola Tasich va Marko Putinkanin olib kelindi. Muhimi, o'tgan yilgi jamoaning o'zagi saqlab qolindi. Qo'shimcha tarzda tarkibga tajribali, o'yinni kuchaytirishga qodir futbolchilar jalb qilindi.



- Sizningcha, ushbu tarkib bilan bo'lajak mavsumda jamoamizda kuchli uchlikdan o'rin olish imkoniyati bormi?


- Nasib qilsa, albatta shunday bo'ladi. Har doim aytganman, Namanganda avvaldan chiroyli futbol bo'lgan, hozir ham bor, kelgusida ham bo'ladi.

- O'zingiz ham “Navbahor”da to'p surgansiz, mahalliy muxlislar sizni yaxshi tanishadi. Umuman, sizning futbolga kirib kelishingiz qanday ro'y bergan, bunga kimlar sababchi bo'lgan?


- Avvallari bilsangiz, murabbiylar mahallalar va maktablardagi futbol o'yinlarini ham kuzatishardi. O'sha kezlari uyimizga yaqin hududda joylashgan maktablar maydonida futbol o'ynab yurganimizda, murabbiylar o'yinimni ko'rishgan. Futbolga kirib kelishimga O'tkir aka hamda Ahmad akalar (Xolmirzaev) sababchi bo'lishgan. Keyinchalik German Titov nomidagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga meni olib ketishgandi. Bugungi kunda futbol sohasidan uzoqlashmagan tanishlarim juda ko'p. Masalan, Sanjar Asqaraliev, SHuhrat Mirxoldirshoev, katta futbolda bizga ko'p yordam bergan Rashid G'ofurov, Xayrullo Karimovlar hamon futbol bilan hamnafas. SHuningdek, “Navbahor”da o'ynab yurgan kezlarim Saydullo Tursunov, rahmatli Tohir Madrahimov ham juda katta yordam berishgan.

- “Navbahor”da to'p surish orqali qanday taassurotlarga ega bo'lgansiz? Deylik, bugungi kunda klubda maslahatchi-murabbiy vazifasini bajarayotgan Viktor Jalilov qo'l ostida ham o'ynagansiz...


- Bu insonni juda qattiq hurmat qilaman. “Navbahor”ga ilk bor kelgan paytlarim Viktor Romanovich men uchun ikkinchi otamdek qadrdon bo'lib qolgandi. Uning qo'l ostida imkon qadar munosib tarzda to'p surishga intildik, elga tanildik. O'sha paytlari bu mutaxassisdan o'rganganlarimiz hozirgi kunda bizga asqotyapti. Jalilovning odamlar bilan gaplashishi, o'yin payti o'zini qanday tutishi, shunga o'xshash jihatlarni undan o'rganganmiz.

- Futbolchilik davringizda juda ko'p murabbiylar qo'l ostida o'ynagansiz. Ular orasida eng katta taassurot qoldirgani kim?


- Ko'proq Viktor Romanovich qo'l ostida o'ynaganmiz. Murabbiylik faoliyatimda Deyan Jurjevich, Andrey Kanchelskis bilan birga ishladim, bugungi kunda No'mon Hasanov bilan yonma-yon ishlayapmiz, ulardan ko'p narsa o'rganyapman. Futbolchilik davrimdagi ustozlarim haqida aytadigan bo'lsam, yuqorida takidlaganimdek, ko'p narsalarni aynan Jalilovdan o'zlashtirganman. Viktor Romanovich jamoada qandaydir muammo vujudga kelsa, uni o'ta bosiqlik bilan hal qilardi, o'yin payti turli uslublarni qo'llab, murakkab vaziyatdan chiqib ketishidan yorqin taassurot olganman. Mavridi kelganda, etirof etmoqchimanki, Viktor Romanovichning “Navbahor”da yana ish boshlagani juda quvonarli hol. CHunki o'tmishda namanganlik ko'plab iqtidor egalarini kashf etgan mutaxassis endilikda yana ushbu ezgu ishini davom ettirishiga shubha qilmayman. Uning bu boradagi juda katta tajribasi bor.

- Bolalar futbolidan bosqichma-bosqich katta futbolga o'tgansiz. SHunga ham to'xtalsangiz.


- Butsalarni mixga ilgandan keyin boshqa sohada o'zimni sinab ko'rishga harakat qildim, lekin futbolga bog'lanib qolsangiz, u sizni o'ziga tortaverarkan, futboldan yiroqlasha olmas ekansiz. 2012 yildan bolalar futbolida murabbiylik faoliyatimni boshlagandim. Odil Ahmedovning tashabbusi bilan Namanganda “Odil Junior” maktabi ochildi, o'sha erda ishladim, 2004 yilda tug'ilgan futbolchilarga ustozlik qildim, yuqori natijalarga erishdim. SHogirdlarim orasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga jalb qilinganlar bo'ldi, aksariyati bugungi kunda U-18 jamoasida o'ynashmoqda. Ikki nafari esa U-21 tarkibida to'p surmoqda. SHu tariqa bosqichma-bosqich kattalar futboligacha etib keldim.

- O'tgan yili “Navbahor”ning Superligada omadsiz ishtirok etishiga, sizningcha, nimalar sabab bo'ldi?


- Albatta, pandemiya o'z so'zini aydi. CHunki uzoq vaqt futbolsiz qolib ketdik, keyin esa birdaniga chempionat Toshkentda markazlashtirilgan tarzda davom ettirildi. Poytaxtda futbolchilarimizda kasallik aniqlandi, optimal tarkibni maydonga tushirish imkoniyatidan mahrum bo'ldik. Qolaversa, jarohatlar, qizil kartochkalar ham bizga pand berdi. Buning oqibatida muhim ochkolarni yo'qotdik. Fursatdan foydalanib, futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Virusdan to'liq xalos bo'lib, tuzalishganidan keyin “Navbahor” safida bor kuchlarini berib harakat qilishdi, o'zlarini ayashmadi. Holsizlanib qolishganda ham maydonga chiqib, to'p surishdi. Misol uchun, Azimjon Ahmedov, Azizbek Turg'unboev, Mirzohid G'ofurov juda qiyin ahvolda bo'lishsa ham o'yinda qatnashishdi. Albatta, bu bilan o'zimizni oqlamoqchi emasmiz, lekin astoydil harakat qilishimizga qaramay, karantin jarayonida cheklovlar, baribir, o'yinlarga to'laqonli hozirlik ko'rish imkoniyatidan mahrum qildi.

- O'zbekiston kubogida-chi? Jamoaga omad etishmadimi?


- Ko'rdingiz, O'zbekiston kubogining chorak finali doirasidagi “Nasaf”ga qarshi bahs noqulay ob-havo sharoitida kechganiga qaramay, yigitlar maydonda bor kuchlarini berib to'p surishdi. Maqsadimiz juda yuqori edi, O'zbekiston kubogi bahslarida finalga chiqish niyatida edik. Namanganda o'tkazilgan hal qiluvchi o'yinda qatnashish uchun borimizni berdik, ammo birozgina omad etishmasligi natijasida yutqazib qo'ydik. Futbolda omad ham katta ahamiyatga ega.

- Jamoa mashg'ulotlarni Turkiyada davom ettirmoqda. “Ordabasi”ga qarshi o'yin ham o'tkazildi. Sizningcha, “Navbahor”ning xorijda yig'in o'tkazishi keyinchalik naf keltiradimi?


- Albatta, bunday yig'inlar jamoa uchun foydadan xoli emas. Mashg'ulotlar Turkiyada davom ettirilmoqda. Namangan hamda Toshkentdagi yig'inlarda amalga oshirilgan ishlar samarasi bu erdagi o'rtoqlik o'yinlari orqali namoyon bo'ladi. Xorijda sparring-raqib sifatida kuchli raqiblar tanlanishi ham katta naf keltirishiga shubham yo'q.



- Bolalar futbolida sizdan saboq olib, bugungi kunda ko'zga tashlanib qolgan qaysi shogirdlaringizni alohida ko'rsata olasiz?

- Bunday futbolchilar juda ko'p. Hozir ularni nomma-nom sanab o'tmoqchimasman, chunki ular hali yosh, qaysidir birining nomini aytmasam, bu unga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin. Ular katta futbolda o'z o'rinlarini topishganidan keyingina bu haqda gaplashsak o'rinli bo'ladi.

- O'zingiz maydonda to'p surgansiz, endi esa o'yinchilarga ustozlik qilyapsiz. Umuman, futbolchilik va murabbiylik o'rtasida qanday farq bor ekan?


- Yaqinda Xayrulla Karimov ham takidlab o'tgandi: futbolchilik davrida murabbiylikning farqiga bormas ekanmiz. Futbolchi faqat o'zi uchun javob beradi, murabbiy esa jamoada barcha shogirdlari uchun javobgar hisoblanadi. SHogirdining jismoniy, ruhiy holati, kayfiyati, hammasini murabbiy nazorat qilishi kerak bo'ladi. O'yinga tayyorlagan futbolchingiz haqida hamma narsani bilishingiz shart. Jamoa tarkibida qancha o'yinchi bo'lsa, barchasi bilan til topisha olishimiz zarur. Maydonga tushayotganida, “Navbahor” uchun jonini berishi, ishonchni oqlashi lozimligini tushuntirishimiz muhim sanaladi. Bilasiz, Namanganda jonkuyar, talabchan muxlislar juda ko'p. Ularning qarshisida munosib tarzda to'p surish kerakligini har bir futbolchi yurakdan his qilishi kerak. Xorijdan kelayotganlarga ham ishqibozlarning “Navbahor”ni qanchalik yaxshi ko'rishlari, jamoadan chiroyli o'yin va g'alabalarni talab qilishlarini eslatishimiz lozim. Futbolchilar shunga tayyor holda kelishlari katta ahamiyat kasb etadi. “Navbahor” safida to'p surgan sobiq futbolchi sifatida buni juda yaxshi tushunaman, shunga binoan ish ko'raman.

- Murabbiylikda bosqisma-bosqich ko'tarildingiz. Qiyinchiliklar bo'lgandir?


- Albatta, qiyinchiliklar bo'ldi. Ammo ularni engib o'tishimda ko'pchilikning yordami asqotdi. Fursatdan foydalanib, ularning hammasiga rahmat aytmoqchiman. Hali bu sohada biror-bir natijaga erishganim yo'q, lekin baribir, bu sohada o'z o'rnimni topishimda ko'magini ayamagan, muntazam qo'llab-quvvatlaganlardan minnatdorman. Kelgusida ham “Navbahor” rivoji uchun izlanishdan to'xtamaymiz, Namangan futboli dovrug'ini dunyoga yoyish uchun astoydil mehnat qilamiz.

- Yangi mavsumda “Navbahor” oldiga qanday maqsadlar qo'yildi?


- Bilasiz, “Navbahor” har mavsumni faqat chempionlik, kubok sohibi bo'lishni niyat qilgan holda boshlaydi. SHunday ekan, ananalarga sodiq qolgan holda, bu yil ham faqat yuqori maqsadlarni ko'zlaymiz. Bizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun viloyat rahbarlari, klub mutasaddilariga katta rahmat aytaman. Xudo xohlasa, ularning ishonchlarini oqlaymiz.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz? Futbolchilik paytingizda biror kumiringiz bo'lganmi?


- Bolaligimdan “Manchester Yunayted”ga muxlis bo'lganman. Hozirgacha shunday. Rayan Giggzning o'yinlarini miriqib kuzatganman, unga havas qilganman.

- “Navbahor” muxlislariga tilaklaringiz...


- Futbolchilik paytimda stadionni to'ldirib o'tiradigan “Navbahor” muxlislari qarshisida to'p surishdan o'zgacha zavq olardim. Bizning ishqibozlar jamoani chin dildan yaxshi ko'rishadi. SHu muxlislar hurmati ham “Navbahor” bilan yuqori natijalarga erishishimiz kerak. Jonkuyar ishqibozlarga sog'lik-salomatlik tilayman, chunki ular bor ekan, Namanganda futbol umrbod yashaydi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика