SHerzod Hakimov: "Farg'ona ahlini xursand qilganimizdan mamnunmiz"
02 iyu 2016 13:24
Yangiliklar
SHerzod Hakimov: "Farg'ona ahlini xursand qilganimizdan mamnunmiz"
"Neftchi" - "Metallurg" (1:0) bahsidan so'ng farg'onaliklar hujumchisi SHerzod Hakimov "Neftchi" matbuot xizmatiga intervyu berdi.
- Qiziqarli bellashuv bo'lib o'tdi. "Istiqlol" stadioniga tashrif buyurgan muxlislarga ham o'yin manzur bo'ldi deb o'ylayman. Albatta g'alaba qozonganimizdan xursandman. "Metallurg" yaxshi jamoa. Ular ham o'yinda yomon taassurot qoldirishmadi. Ochig'i, davra so'nggidagi g'alabamiz orqali Farg'ona ahlini xursand qilganimizdan juda ham mamnunmiz. Endi ikkinchi davraga jiddiy tayyorlanamiz va chempionatning qolgan qismini yanada muvaffaqiyatli davom ettirishga astoydil kirishamiz, - dedi Hakimov.
Eslatib o'tamiz, Farg'onada bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Metallurg" bahsida maydon egalari SHukurali Po'latovning goli evaziga kichik hisobda g'alaba qozonishdi.
"Neftchi" matbuot xizmati
Eslatib o'tamiz, Farg'onada bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Metallurg" bahsida maydon egalari SHukurali Po'latovning goli evaziga kichik hisobda g'alaba qozonishdi.
"Neftchi" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar