So’nggi yangiliklar

14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  0 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  6 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  9 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9

SHerzod Fayziev: “Lokomotiv”ga o'tganimdan xursandman, “Mashal” murabbiylariga esa rahmat aytaman” Yangiliklar

SHerzod Fayziev: “Lokomotiv”ga o'tganimdan xursandman, “Mashal” murabbiylariga esa rahmat aytaman”

2009 yildan beri Muborakning “Mashal” klubida faoliyat yuritib kelgan SHerzod Fayziev bundan buyon “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi.

Fevralda 24 yoshni qarshi oladigan himoyachi ham markaziy himoyada, ham qanotda birdek harakata qila oladi. Uning aynan universalligi jamoamiz murabbiylariga qo'l keldi deya olamiz.


SHerzod Fayziev “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolagach, o'z fikrlarini bildirdi: “Lokomotiv”ga o'tganimdan xursandman. Bu men uchun oldinga tashlangan qadam bo'ldi. “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi, qolaversa O'zbekiston chempionati va Kubogida faqat g'oliblik uchun kurashadi. Albatta, har bir futbolchi shunday kuchli jamoa safida to'p tepishni maqul ko'radi. O'ylaymanki, men ham yangi jamoam safida o'zimni ko'rsatib keta olaman va buning uchun bor kuchim bilan harakat qilaman”.

“SHu o'rinda “Mashal” futbol klubi rahbariyati, bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov hamda katta murabbiy Dilyaver Vanievlarga alohida minnatdorchilik bildiraman. CHunki futbolchi bo'lib shakllanishimda ularning mehnati katta va buni hech qachon unutmayman. SHuningdek, muboraklik muxlislarga ham katta rahmat aytaman”.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика