So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  2 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  13 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  9 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   24 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

SHerzod Esanov: Biz onlayn turnir jadvalida 2-o'rindamiz va bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz Yangiliklar

SHerzod Esanov: Biz onlayn turnir jadvalida 2-o'rindamiz va bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz

Andijon klubi Toshkentda Surxonga qarshi uchrashuvda navbatdagi muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

Ushbu o'yindagi birinchi golni iqtidorli yarim himoyachi SHerzod Esanov kiritganidan xabaringiz bor. U penaltidan hisobni ochdi va bu uning «Andijon» tarkibidagi debyut goliga aylandi. O'yindan so'ng Esanovga bir qator savollar bilan yuzlandik.

-SHerzod, o'yin sizda qanday taassurot qoldirdi? Siz kutgandek kechdimi?

-Superligada oson raqibning o'zi yo'q. Har bir o'yinga etarli darajada tayyorlanish kerak, deb o'ylayman.

-Uchrashuvda penaltidan gol urdingiz. O'yindan oldin murabbiy sizga penalti tepishingizni aytganmidi? Har xolda sizni penalti tepishingizni ilk bor ko'rdim…

-Uchrashuvdan oldin murabbiylarimiz kim penalti tepishga ishonchi bo'lsa shu tepsin deyishgandi. O'sha vaziyatda jamoamiz sardori Vladimir Bubanya meni oldimga kelib, «SHer o'zingga ishonyapsanmi», dedi va men ha albatta, deya to'pni oldim, gol urdim.

-SHuningdek, «Andijon» tarkibidagi ilk golingizni urdingiz. Hissiyotlar qanday?

-Albatta, xursandman. Gollar futbolchini o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi.

-0:3 dan keyin o'yin yakuniga qadar hisob 2:3 ga o'zgardi. Uchrashuv oxirida sizda xadik sezildimi? Nima uchun bunday bo'ldi?

-Oxirgi 15 daqiqa o'yinni raqibga berib qo'ydik. Juda ham bo'sh o'ynadik. Bunga sabab 3 ta gol bilan oldinga o'tib ketganimiz deb o'ylayman. Nima bo'lganda ham g'alaba qozondik. Endi bunday xatolarga yo'l qo'ymaymiz. Jamoam bilan faxrlanaman, hamma maydonga bor kuchini tashladi.

-«Andijon» dastlabki uchta turda 2 g'alaba va 1 durang qayd etdi. Bu qoniqarlimi? Fikringiz qanday, start bo'yicha?

-Menimcha, yomon emas. Biz onlayn turnir jadvalida 2-o'rindamiz va bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz.

-Keyingi turda «Nasaf»ni qabul qilamiz. Kuchli raqibga qarshi o'yindan nima kutyapsiz va qanday qilib yutsa bo'ladi, deb o'ylaysiz?

-Albatta, murabbiylarmiz tomonidan beriladigan vazifani bajarishga harakat qilamiz. O'z uyimizda muxlislarimizni xursand qilish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz va ishqibozlarimizni yana quvontiramiz, Xudo xohlasa.

«Andijon» matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика