SHerzod Azamov "Navbahor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
10 iyu 2016 22:55
Yangiliklar
SHerzod Azamov "Navbahor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
Qarshining "Nasaf" jamoasi himoyachisi SHerzod Azamov ertaga "Navbahor" bilan bo'ladigan o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
O'zbekiston terma jamoasining Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida oyog'idan kichik jarohat olgan Azamov "ajdarlar" bilan Namanganga yo'l olmagan.
SHerzod Azamovning jarohati jiddiy emas. Ammo futbolchi "Navbahor"ga qarshi bellashuvga qadar tiklana olmagani bois o'yinda ishtirok etolmaydi.
Eslatib o'tamiz, SHerzod Azamov Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridanoq Egor Krimec o'rniga harakat qilgandi.
Fikrlar