

O'zbekiston terma jamoasining Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida oyog'idan kichik jarohat olgan A'zamov "ajdarlar" bilan Namanganga yo'l olmagan.
Sherzod A'zamovning jarohati jiddiy emas. Ammo futbolchi "Navbahor"ga qarshi bellashuvga qadar tiklana olmagani bois o'yinda ishtirok etolmaydi.
Eslatib o'tamiz, Sherzod A'zamov Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridanoq Egor Krimec o'rniga harakat qilgandi.



