So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

SHerzod Azamov: "MTJga kelgandan so'ng hech kim raqobatdan cho'chimaydi" Yangiliklar

SHerzod Azamov: "MTJga kelgandan so'ng hech kim raqobatdan cho'chimaydi"

O'zbekiston terma jamoasiga taklif etilgan "Nasaf" himoyachisi SHerzod Azamov kechagi mashg'ulotlardan so'ng o'zining ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.


"Terma jamoa yangidan tuzilmoqda. Hamma narsa juda yaxshi. Tashkiliy ishlar ham alo darajada. Barcha murabbiylarning ish uslubi turli xil bo'ladi. Terma jamoa bilan birinchi marotaba shug'ullanishim. Mashg'ulotlar menga yoqmoqda. O'tgan safargi yig'inni jarohatim bois to'liq o'tkaza olmagandim. Umuman olib aytganda, taassurotlar yaxshi. Himoyada kuchli raqobat mavjud. Terma jamoaga kelganidan so'ng hech bir futbolchi raqobatdan cho'chimaydi. Hamma narsa avvalo o'zimga bog'liq. Mashg'ulotlarda murabbiylarga maqul kelish lozim. Kimni asosiy tarkibga kiritishni esa bosh murabbiy hal etadi. Kim o'ynashga to'liq tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi. Ichki muhit ham alo darajada deb bemalol ayta olaman. Terma jamoaga birinchi bor kelganimga qaramay, bu erdagi muhit menga maqul keldi. Barcha bir-biri bilan inoq. Oldimizda turgan o'yinlarda g'alaba qozonishimiz lozim. Barchamiz birgalikda harakat qilsak, bu o'yinlarda raqiblarimizni dog'da qoldira olamiz deb o'ylayman. Bunga kuchimiz etadi albatta. O'zbekiston terma jamoasi Yaman va Filippin kabi raqiblar bilan durang o'ynashi ham mumkin emas. O'ylaymanki, terma jamoa bilan ko'zlangan maqsadga erisha olamiz", - deydi SHerzod Azamov.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика