SHerzod Abduraimov: "CA"ni 3 yoshga to'lganligi bilan tabriklayman"
29 noy 2013 16:22
Yangiliklar

SHerzod Abduraimov: "CA"ni 3 yoshga to'lganligi bilan tabriklayman"
1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat (U-19) terma jamoamizning birinchi raqamli posboni SHerzod Abduraimov biz bilan aloqaga chiqib, "CA"ning 3 yoshga to'layotganligi bilan muborakbod etdi.
Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida tug'ilgan Abduraimov "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu yilgi mavsumni "Alanga"da ijarada o'tkazgan SHerzod ko'p vaqtini asosan Aleksey Evstafeev boshchiligidagi terma jamoamiz safida o'tkazdi. Yana "Mashal"ga qaytib borgan. Istedodli darvozabon kuni-kecha biz bilan bog'landi.
"Assalomu alaykum. Avvalo championat.asia saytining 3 yoshga to'lganligi bilan tabriklayman", - deydi SHerzod Abduraimov.
"CA" shubhasiz O'zbekistondagi birinchi raqamli futbol portalidir. Bo'sh qoldim deguncha ushbu saytga kirib, yangiliklardan xabardor bo'lib boraman. SHuningdek sayt fotosuratchilariga ham kattakon rahmat aytmoqchiman. Negaki, biz yoshlar mashg'ulotlarda va o'yinlardagi tushirilgan rasmlarimizni aynan ushbu sayt orqali olamiz.
"Ayni damda Muborakdaman. Ko'pchilik futbolchilar tatilda bo'lishiga qaramay, men yanada o'sishga erishish maqsadida mashg'ulotlarni davom ettirmoqdaman. Nasib qilsa 2014 yildan umidim katta. Mamlakatimiz terma jamolari safida jahon chempionati kabi nufuzi yuqori bo'lgan turnirlarda ishtirok etishni chin dildan istayman. Bunga erishish maqsadida shunga monand ishlayapman. SHu bois afsuski yakshanba kuni O'FF maydonida bo'lib o'tadigan "CA"ning shou-tadbiriga bora olmayman. Buning uchun sayt o'quvchilaridan uzr so'rayman. Sizlarga esa kelgusidagi faoliyatlaringga omad tilayman. Nasib qilsa keyinchalik bunday quvonchli onlarni birgalikda nishonlaymiz!"

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar