So’nggi yangiliklar

21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  2 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  52 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  14 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2

"SHerlar" yorib o'tolmagan himoya Yangiliklar

"SHerlar" yorib o'tolmagan himoya

Superliganing yakuniy bosqichini tomosha qilyapmiz.

Bugun "Loko" maydonida alamli mag'lubiyat qabul qilib olgan "So'g'diyona" o'tgan turda poytaxtning boshqa bir jamoasini mag'lub qilgani yodingizda bo'lsa kerak.

So'g'diyona

SHahboz Jo'rabekov - 53'

Superliga. 23-tur

24/10/2021, 16:00

0
:
1
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
10'  Ayubxon Nomanov
12'  Shohruz Norxonov
53'  SHahboz Jo'rabekov
70'  Iskandar SHaykulov (Darko Stanoyevich)
76'  ZHavohir Qahramonov (Bahodir Nasimov)
89'  Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov)
89'  Jasur Hasanov O (Ergash Ismoilov)
21'  Sherzod A’zamov (Sharof Muhitdinov)
28'  Abror Ismoilov
45'  SHahzod Azmiddinov
51'  Eldorbek Suyunov
52'  Marlen CHobanov
77'  Humoyunmirzo Iminov (SHerzod Temirov)
88'  Dostonbek Hamdamov (Po'latxo'ja Xoldorxonov)
88'  Azizbek Turg’unboyev (Muhammadali O'rinboyev)
90'  Marlen CHobanov
90'  Po'latxo'ja Xoldorxonov

O'sha bahsning etiborga loyiq bir jihatiga hech kim etibor qilmadi. Bugun shu haqda malumot beramiz.

"Paxtakor" O'zbekiston chempionatlari tarixidagi eng kuchli jamoa ekanini bilasiz. Sovrinlar, g'alabalar, gollar — boringki, statistikaning istalgan yo'nalishida "sherlar"ning oldiga tushadigani yo'q. Tarixning istalgan davrida qanday holatda bo'lmasin, poytaxt grandiga qarshi maydonga tushayotgan har bir jamoa birinchi navbatda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish haqida qayg'urgan. Ammo bu ishni uddalash barchaga ham nasib qilavermaydi.

"So'g'diyona" 2021 yilgi mavsumda shunga erishdi. 1-davraning 10-turida Toshkentda "nursiz durang" qayd etgan Ulug'bek Baqoev shogirdlari 23-turda minimal hisobdagi g'alabani rasmiylashtirdi.

Malumot uchun, bunday natija so'nggi bor 2017 yilgi mavsumda qayd etilgan edi. O'sha yili Samarqandning "Dinamo" klubi "Paxtakor"ga qarshi kechgan har 2 o'yinda nolga o'ynagan. 

SHuningdek, "So'g'diyona"ning himoya chizig'i joriy mavsum Superligada eng yaxshisi bo'lib turganini ham takidlash kerak. Jizzax klubi barchadan kamroq gol o'tkazib yuborgan (14).

Final oldidan! "Nasaf" xalqaro maydonda qanchadan beri yutqazmayapti?

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика