So’nggi yangiliklar

15:34U23 Осиё Кубоги ярим финалида ўзбекистонлик мутахассис ишлайди  0 15:25Ўзбекистон кубоги. “Локомотив” – “Қизилқум”. Асосий таркиблар маълум  0 15:23Индонезия - Ўзбекистон баҳсини ким бошқаради?  8 14:52Альфонсо Дэвиснинг "Реал"га трансфери боши берк кўчага кириб қолди  1 14:30Карло Анчелотти: "ЛаЛига ғолиби бўлишимизга 4 очко қолди"  7 14:15Тарихий натижа қайд этган Тожикистон футзал терма жамоасига каттагина мукофот пули берилади  4 13:35ВАР «отмен». Европанинг илк чемпионати юқори технологиядан воз кечди  20 13:07«Байер» юлдузи Флориан Вирцнинг келажаги маълум  2 12:33Тожикистон терма жамоаси бош мураббийи: " Бу бизга яхши тажриба бўлди ва унинг самарасини Жаҳон чемпионатида кўрсатамиз"   11 12:10Веско Стешевич: "Забиҳилло Ўринбоевнинг сафга қайтишини интиқлик билан кутмоқдамиз"  0 11:48Интервью. Станислав Андреев: "Пахтакор" ҳар қандай ҳолатда ҳам кучли рақиб. "Сўғдиёна" кубокни ютишни мақсад қилган"  3 11:46Воҳид Шамсаи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда футзалда учратмаган ҳодисага гувоҳ бўлдим"  16 11:33Хосе Венансио Лопес: "Ушбу Осиё кубогидан мамнунман"  9 11:09Баҳодир Ҳакимқулов: "Кубок ўйинлари давомида тажриба тўпладик"  1 10:55Саудия Арабистони U-23 бош мураббийи: "Шогирдимнинг четлатилишига Ўзбекистон терма жамоасининг тактикаси сабаб бўлди"  40

SHerigini nokaut qilgan Bekmurodov jarima to'laydi. O'FA Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari elon qilindi Yangiliklar

SHerigini nokaut qilgan Bekmurodov jarima to'laydi. O'FA Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari elon qilindi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga

2024 yilgi Superliga musobaqasida ishtirok etayotgan «Andijon», «Neftchi» va «Nasaf» futbol klublari Superliganing 1-2-turlari hisobotini, «Dinamo plyus» futbol klubi 1-2-3-turlar hisobotini, «Surxon» futbol klubi esa 2-tur hisobotini O'FAga taqdim etmagan. Reglament talablarini bajarmagani uchun mazkur futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasini qo'llash belgilandi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Andijon», «Neftchi», «Nasaf», «Dinamo plyus» va «Surxon» futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Navbahor lochinlari» — OKMK

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — OKMK uchrashuvining 67-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi M. Skrbich bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Milan Skrbichga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Metallurg» — «So'g'diyona»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Metallurg» — «So'g'diyona» uchrashuvining 90+5-daqiqasida «So'g'diyona» futbol klubi bosh murabbiyi I.Boshkovich bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ivan Boshkovichga (So'g'diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Olimpik» — «Lokomotiv»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Olimpik» — «Lokomotiv» uchrashuvining 60-daqiqasida «Olimpik» futbol klubi futbolchisi X. Abdunabiev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Xamidullo Abdunabievga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Nasaf» — «Olimpik»

Superliga chempionatining 1-turi doirasidagi «Nasaf» — «Olimpik» uchrashuvining 84-daqiqasida «Nasaf» futbol klubi futbolchisi A. Davronov o'yin vaqtini atayin cho'zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Alibek Davronovga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Andijon» — «Bunyodkor»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 34-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi U.Ismonaliev uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisining elka qismiga oyog'i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Usmonali Ismonalievga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 34-daqiqasida «Andijon» futbol klubi futbolchisi F. Bekmuratov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda «Bunyodkor» futbol klubi fubolchisi raqib o'yinchisining elka qismiga oyog'i bilan zarba bergandan so'ng, bu jarayonda u o'z jamoadoshi, «Andijon» futbol klubi futbolchisini yiqilmaganini ko'rib, uni yiqilishga chorlab, tepib, futbolchiga xos bo'lmagan xatti-harakat qilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Farhod Bekmuratovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 64-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi T. Abduxoliqov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Timurxo'ja Abduxoliqovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 71-daqiqasida «Andijon» futbol klubi futbolchisi A. Gulyamov o'yin vaqtini atayin cho'zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abdulvoxid Gulyamovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Surxon» — «Andijon»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Surxon» — «Andijon» uchrashuvining 55-daqiqasida «Andijon» futbol klubi futbolchisi F. Sohibjonov simulyaciya harakati uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Farhodjon Sohibjonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Surxon» — «Andijon» uchrashuvi yakunlangandan so'ng «Surxon» futbol klubi futbolchisi Y. Krimets raqib o'yinchisini bo'yin qismidan bo'g'ganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Egor Krimetsga (Surxon) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Neftchi» — «Metallurg»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Neftchi» — «Metallurg» uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, uchrashuvning 86-daqiqasida «Metallurg» futbol klubi futbolchisi D. Ergashev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Davronjon Ergashovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Neftchi» — «Metallurg» uchrashuvining 90+5-daqiqasida «Neftchi» futbol klubi futbolchisi D. Turopov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Diyor Turopovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Neftchi» — «Metallurg» uchrashuvining 87-daqiqasida «Neftchi» futbol klubi muxlislari tomonidan mehmon jamoaning texnik zonasi tomon turli buyumlar uloqtirilgani, uloqtirilgan buyumlar murabbiylardan biriga teggani, uchrashuvning 89-daqiqasida «Neftchi» futbol klubi gol urgan vaziyatdan so'ng «Neftchi» futbol klubi muxlislari tomonidan takroran turli buyumlar uloqtirilgani va ulardan biri zaxhira hakamini boshiga teggani bilan bog'liq holatlar qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Neftchi» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi. Mazkur holat takrorlangan taqdirda «Neftchi» futbol klubining uy uchrashuvlari muxlislarsiz o'tishi to'g'risida ogohlantiriladi.

«Bunyodkor» — «Navbahor lochinlari»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Bunyodkor» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 86-daqiqasida «Navbahor lochinlari» futbol klubi bosh murabbiyi S. Babayan belgilangan talablarga rioya qilmasdan, bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Samvel Babayanga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Bunyodkor» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 90+3-daqiqasida «Navbahor lochinlari» futbol klubi futbolchisi O'. Yusupov o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, O'tkir Yusupovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«So'g'diyona» — «Olimpik»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «So'g'diyona» — «Olimpik» uchrashuvining 75-daqiqasida «So'g'diyona» futbol klubi futbolchisi L. Doriev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Lyupche Dorievga (So'g'diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «So'g'diyona» — «Olimpik» uchrashuvining 90+3-daqiqasida «Olimpik» futbol klubi futbolchisi T.Mamasidiqov simulyaciya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Timur Mamasidiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

OKMK — «Dinamo plyus»

Superliga chempionatining 3- turi doirasidagi OKMK — «Dinamo plyus» uchrashuvida «Dinamo plyus» futbol klubi bosh murabbiyi A. Pyatnitskiy texnik zonada tamaki mahsulotini chekkanligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Andrey Pyatniskiyga (Dinamo plyus) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Lokomotiv» — «Paxtakor»

Superliga musobaqasining 3- turi doirasidagi «Lokomotiv» — «Paxtakor» uchrashuvida «Lokomotiv» futbol klubi murabbiyi A. Stojmirovich tomonidan uchrashuv startiga 10-15 daqiqa ichida jamoasini tribuna osti yo'lakchasiga saflanishga olib chiqmagan. Uning natijasida uchrashuv belgilangan vaqtdan 5 daqiqa kech boshlangan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Aleksandr Stojmirovich (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Pro-liga

«SHo'rtan» — «Buxoro»

Proliga musobaqasining 1-turi doirasidagi «SHo'rtan» — «Buxoro» uchrashuvining 36-daqiqasida «SHo'rtan» futbol klubi futbolchisi M. Zoirov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Muxriddin Zoirovga (SHo'rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Aral» — «Do'stlik Toshkent»

Proliga musobaqasining 1-turi doirasidagi «Aral» — «Do'stlik Toshkent» uchrashuvining 51-daqiqasida «Do'stlik Toshkent» futbol klubi futbolchisi M. Jumaev to'pni atayin tepib yuborib, o'yin vaqtini cho'zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Maruf Jumaevga (Do'stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Proliga musobaqasining 1-turi doirasidagi «Aral» — «Do'stlik Toshkent» uchrashuvining 51-daqiqasida «Do'stlik Toshkent» futbol klubi futbolchisi A. Alijonov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Anvarjon Alijonovga (Do'stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«SHo'rtan» — «Buxoro»

Pro liga musobaqasining 1- turi doirasidagi «SHo'rtan» — «Buxoro» uchrashuvida «Buxoro» futbol klubi uchrashuv startiga 75 daqiqa qolguniga qadar uchrashuv qaydnomasini to'ldirish uchun futbolchilar licenziyasini Liga komissariga taqdim etmaganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Buxoro» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionati
«Metallurg U21» — «So'g'diyona U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «MetallurgU21» — «So'g'diyonaU21» uchrashuvining 34-daqiqasida «So'g'diyona U21» jamoasi futbolchisi N. Soyibov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nodirjon Soyibovga (So'g'diyona U21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«So'g'diyona U21» — «Olimpik U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «So'g'diyona U21» — «Olimpik U21» uchrashuvining 83-daqiqasida «So'g'diyona» jamoasi futbolchisi M. Sobirov o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Muhammadyusuf Sobirovga (So'g'diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Paxtakor U21» — «Nasaf U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Paxtakor U21» — «Nasaf U21» uchrashuvining 74-daqiqasida «Nasaf U21» jamoasi futbolchisi S. Baxromov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sardorbek Baxromovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Paxtakor U21» — «Nasaf U21» uchrashuvining 87-daqiqasida «Nasaf U21» jamoasi texnik direktori B. Karaev belgilangan tartibga rioya qilmasdan, bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Botir Karaevga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Surxon U21» — «Paxtakor U21»

U21 chempionatining 1-turi doirasidagi «Surxon U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 42-daqiqasida «Paxtakor» jamoasi futbolchisi S. Poyonov simulyaciya harakati uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sunatillo Poyonovga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Lokomotiv U21» — «Metallurg U21»

U21 chempionatining 1-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Metallurg U21» uchrashuvining 35-daqiqasida «Metallurg» jamoasi futbolchisi R. Davronov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Raximjon Davronovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U21 chempionatining 1-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Metallurg U21» uchrashuvining 90+2-daqiqasida «Metallurg» jamoasi futbolchisi Z. Raximjonov to'pni atayin tepib yuborib, o'yin vaqtini cho'zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Zafarbek Raximjonovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Lokomotiv U21» — «Paxtakor U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 73-daqiqasida «Paxtakor U21» jamoasi futbolchisi A. Mo'minov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Alisher Mo'minovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 89-daqiqasida «Lokomotiv U21» jamoasi futbolchisi K. Yigitaliev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Kamronbek Yigitalievga (Lokomotiv U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 88-daqiqasida «Lokomotiv U21» jamoasi bosh murabbiyi S. Abdullaev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sadriddin Abdullaevga (Lokomotiv U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Nasaf U21» — «Qizilqum U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Nasaf U21» — «Qizilqum U21» uchrashuvining 90+5-daqiqasida «Nasaf U21» futbol klubi futbolchisi A. Odinov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Azizbek Odinovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional bo'lishga chaqiramiz. Sizlar o'sib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o'tamiz!

Reyting: -11   

Fikrlar

+5   
28 mar 12:14:24
Buran Urazmatov
Жуда катта штрап солиш керак. Отни калласиди ойлик олсаю футбол кўрмоқчи бўлсанг қўлини кўтариб жанжал қиладими, тепадими, масқарабозлик, ётиб оладими.
+3   
28 mar 10:51:14
Mamadiyorov Mahmud
Хакамларни ноҳақ қарорлари учун уларни ким жаримага тортади
+3   
28 mar 09:16:16
SO'G'DIYONA Jizzax
Далбанлар факат бизда буса кере билмай усириб куйсаям штраф тулаш. Грубый нарушений буса штраф кил. Гадойдан фарки комади УФАниям футболчиладан сокка шилиб. Шарманда пазорла
+3   
28 mar 08:55:34
Jamshid Abdusamadov
Кайси замонларга колдик хамма нарса штраф. Шармандастон бу. Узи ойлик бермиди яна штрафга нима бор нафас олишга хам штраф колди колган хамма ишларга штраф килиниб булишди. Шармандалик.
+2   
28 mar 13:20:05
Алёш ака
Шу дейман УЧ туртта радарам қуйиш керагов, 20 дан секин югурганга , тухтаб туриш қоидасини бузганларгаям жарима солиш керак
+2   
28 mar 12:52:02
Тўлқин Хайит
Олааа! ЎФА пулни тагида қолар экан. Учта турга шунча жарима, мовсум якунигача нима бўлар экан ҳали.
+2   
28 mar 09:57:12
ArsaBarsa
Shu bilan futbol rivojlanadimi? Qayerdan bilasizlar vaqt cho'zganini ayniqsa Nasaf Olimpik o'yinida futbolchilar qanday sharoitda o'ynadi. Rostdan og'riq bo'lishi mumkin emasmi?
Yoki qaysi darvrda va qaysi davlatda sariq kartochga olgan odam rozi bo'ladi. E'tiroz bildirishi tabiiyku.
+2   
28 mar 09:19:39
Khaydarov Khaydarov
BU MAQOLANI O'QIB SHUNI TUSHUNDIMKI, UFAda FAQAT XORAMXOR DALBAYOPLAR ISHLARKAN.!!! SHARMANDA
+2   
28 mar 09:11:37
xaurullo_8484
SOQQANI QIL SOQQANI
SOQQA LIGA BO‘PTIKU
+2   
28 mar 08:48:51
АЗИЗБЕК НОСИРОВ
Coca cola pepsi artel super liga ❌ Jarimalar super liga ✅
+1   
29 mar 05:25:35
Sandro
Jinnimi bular...Har qanday e'tirozga jarima, axir e'tiroz bilan e'tirozni farqi bor-ku. Aytaylik, hakam be'mani qaror chiqarsa shunda qizishib turgan futbolchilar va ularning murabbiylari rahmat, baraka toping deydimi. Futbol axir ehtirosli o'yin-ku. Hurmatli va hurmatga noloyiq mutasaddilar bu futbol, balet emas.
+1   
28 mar 14:56:04
rustam
Уже скоро на руки Диера наденут наручники! Будь ты проклят.
+1   
28 mar 14:32:24
Абдугаффор . N
Фикримча бу жарималардан максад футболчиларни тартибли болиши ва чемпионатимизни сааиясини ошириш.
+1   
28 mar 13:22:05
Алёш ака
Хавога солиқ жорий қилгандик хеч ким нафас олмай қуйди, қандай бедодлик жарима туласин
+1   
28 mar 09:02:42
Jamshid Abdusamadov
Хакамларимиз хакконий бошкарса хам майли эди олий лига майли u-21 ва про лигада хакамлар билганини килвоти этироз эмас урворвдиган ишлар килишади. Биринчи лигада хам этироз учун булса умуман биринчи лигадаги хакамлар улар умуман позор. Узи биринчи лига жамоалари зурга иштирок этишади куплари просто жамоани купайтириш учун куйилади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика