So’nggi yangiliklar

20:35Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон" 1:2 (матнли трансляция)  9 20:15Хойлунд "Манчестер Юнайтед"дан кетишга шошилмаяпти  0 20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро" 1:0 (матнли трансляция)  1 19:43Эксперт фикри. Расул Раҳмонов: "Андижон"да ўзига бўлган ишонч уйғонмоқда"  0 19:22"Бунёдкор" стадиони CAFA мусобақаси мезбони бўлиб қоладими?   9 18:37"Андижон" Қаршида "Насаф" билан дуранг қайд этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 18:06"Бунёдкор" стадионида тахминан 2 ой футбол ўйнаб бўлмайди  6 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  7 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  19 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8

Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "SHogirdimning chetlatilishiga O'zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo'ldi" Yangiliklar

Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "SHogirdimning chetlatilishiga O'zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo'ldi"

Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Saad Al SHehri O'zbekistonga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Uchrashuv biz kutgandek qiyin ruhda o'tdi va ikki jamoaning ham maydon markazini nazorat qilishga urinishiga guvoh bo'ldik. Biz kuchli va taktik jihatdan uyushqoq jamoaga qarshi o'ynadik. Bellashuv teng kurashlar ostida o'tdi, ammo O'zbekiston vaziyatlardan unumli foydalana oldi. Ikkinchi bo'limda imkoniyatlar yuzaga keltirib, hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo gol ura olmadik.

Bazi vaziyatlarda xotirjamroq harakat qilishimiz kerak edi. Men mag'lubiyatda futbolchilarni ayblay olmayman, chunki O'zbekiston turnir favoritlaridan biri edi.

Yahyoning chetlatilishiga O'zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo'ldi. Ularning bu usuli himoyachilarimizni chekinishga va bir chiziqda turib, raqibni o'tkazib yubormaslik uchun shiddatliroq o'yin namoyish etishga majbur qildi.

Biz turnirning ushbu bosqichidan engib o'tishni hamda yarim final va Parijdagi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishni intiqlik bilan kutayotgan edik, ammo biz qiyin raqibga duch keldik. Mag'lubiyat uchun saudiyalik muxlislardan uzr so'raymiz. Bu o'yinni xursand holda tark etmadik, lekin o'zimiz uchun kelajak avlodni kashf etdik. Mag'lubiyat o'tmishda qoldi, endilikda Saudiya futboliga xizmat qiladigan yosh avlodni shakllantirishga etibor qaratamiz", — dedi Al SHehri.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика