SHerdor va Registon klublari faoliyati to'xtatiladi
01 fev 2014 23:54
Yangiliklar

SHerdor va Registon klublari faoliyati to'xtatiladi
Samarqandning Birinchi ligadagi "SHerdor" va "Registon" klublari o'z faoliyatini to'xtatmoqda.
Samarqand viloyat shahar hokimiyatida bo'lib o'tgan navbatdan tashqari yig'ilish aynan mana shu mavzuda bo'lib o'tdi. Olingan xabarlarga ko'ra, navbatdagi mavsumda har ikki jamoa ham Birinchi ligada ishtirok etmaydi. Hali klub rasmiylari bu xabarni tasdiqlamagan bo'lsa ham bu borada aniq qaror qabul qilingan.
Yangi rejaga ko'ra viloyatda Birinchi ligada bitta klub tashkil etiladi va barchasi "Dinamo" klubi tasarrufida bo'ladi. Ushbu klub farm-klub maqomiga ega bo'lib barcha moliyaviy masalalar bosh klub ixtiyoriga o'tadi. Ushbu klubga ham Firdavs Karimov rahbarlik qilsa, "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham ushbu yangi tuzilayotgan klubga ham murabbiylikni olib boradi.
Eslatib o'tamiz, bu borada hali aniq qaror klub rasmiylaridan elon qilinmagan.

Fikrlar