"Sherdor" o'z muxlislariga iftorlik qilib beradi

Aslanov Jasurbek
31 may 2018, 14:13
PRO liganing 12- tur doirasida Sherdor klubi o'z maydonida Lokomotiv BFK jamoasini qabul qiladi.

Sherdor FK rahbariyati  muqaddas oy sharofati bilan savob ishga qo'l urishdi.

Sherdor – Lokomotiv BFK uchrashuviga tashrif buyuradigan muxlislar uchun bepul iftorlik eguliklari tarqatiladigan bo'ldi. Ro'zadorlar Sherdor – Lokomotiv BFK bahsida Dinamo o'yingohi sektorlarida yaratilgan qulayliklardan foydalanib, bemalol iftorlik qilib olishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, Sherdor - Lokomotiv BFK uchrashuvi 3 iyun kuni soat 18:00da boshlanadi.

Sherdor FK matbuot xizmati.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia