SHerali Jo'raev: "FIFA.uz"da o'zimni sardor qilib adashmadim"
25 mar 2014 17:04
Yangiliklar

SHerali Jo'raev: "FIFA.uz"da o'zimni sardor qilib adashmadim"
Bugun qiziq qo'ng'iroq bo'ldi. Suhbatdoshim "Qizilqum" hujumchisi SHerali Jo'raev.
2012/13 yilgi mavsumda "Qizilqum" futbol klubida faoliyat olib borganim uchun u erdagi futbolchilar bilan tanish- bilishchiligimiz bor. Buni qarangki, "Qizilqum" o'yinchilari "FIFA.uz" loyihasida o'zlarini sinab ko'rayotgan ekanlar.
"Andijon" bilan bo'lib o'tgan o'yin oldidan o'zimni asosiy tarkibga qo'ydim va sardor bo'ldim. Qandaydir yurakdan gol urishimni sezdim. Buni qarangki, biz g'alaba qozondik va men gol urdim. SHu, sariq kartochka olganim yomon bo'ldi-da. Ikki ochko minus bo'ldi. SHodievni ham olgandim. "Olmaliq"da Pirimovga ishondim, u bilan o'ynaganman, paslari yaxshi. Endi keyingi o'yinlarda ham gol urib, o'zimga o'zim ochko olib kelishga harakat qilaman", - deydi SHerali Jo'raev.
SHunisi qiziqki, virtual futbolning 2-tur yakunlariga ko'ra, birinchi o'rinda turgan "pfkNavoi" nikidagi ishtirokchi navoiylik bo'lib, tarkibida 3 nafar "Qizilqum" futbolchisi bor.
SHerali Jo'raev jamoasining nomi - "Sher-Shoh".
N.Yuldashev

Fikrlar